From Wikipedia, the free encyclopedia
Oort buluti yoki Öpik–Oort buluti[1] Quyoshdan 50 000 AB (~1 yorugʻlik yili) masofada joylashgan gipotetik kometalar bulutidir.[2] Jan Oort sharafiga shunday nomlangan. Oort buluti juda uzoqda: u Quyoshga eng yaqin yulduz — Proxima Centaurigacha masofaning chorak qismida yotishi mumkin. Transneptun jismlari yigʻilgan boshqa ikki soha — Kuiper kamari va tarqoq diskkacha masofa Oort bulutigacha masofadan ming marta kichik. Oort bulutining tashqi tomoni Quyosh tizimining kosmografik chegarasini va Quyoshning gravitatsiyaviy hududini belgilaydi.[3]
Oort buluti ikki mintaqa: tashqi sferik Oort buluti va ichki disksimon Hills bulutidan iborat ekanligi taxmin etiladi. Oort bulutidagi jismlar asosan muzlagan uchuvchan moddalardan (suv, ammiak va metan) iborat.
Astronomlar Oort bulutini tashkil qiluvchi modda Quyosh tizimi shakllanayotgan paytda Quyosh yaqinida shakllangan va keyinchalik gaz gigantlar gravitatsiyasi taʼsirida fazoga tortilib ketgan, deb taxmin etishadi.[2] Biroq NASA 2010-yili chiqargan maqolada bunday fikr uchraydi:
« Yulduzlar klasterlarda shakllanishini bilamiz. Quyosh boshqa koʻp sonli yulduzlar bilan ayni gaz buluti ichida shakllangan. Bu klaster ichidagi yulduzlar bir-birlaridan kometalarni tortib ketish uchun yetarli yaqinlikda joylashgan edilar. » | |
(We know that stars form in clusters. The Sun was born within a huge community of other stars that formed in the same gas cloud. In that birth cluster, the stars were close enough together to pull comets away from each other via gravity.[4]) |
Oort buluti kamida qisman Quyosh va unga qardosh yulduzlar orasidagi moddalar oʻzaro almashinuvi mahsuli ekanligi haqida farazlar bor.[4]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.