From Wikipedia, the free encyclopedia
Ochakiv yoki Ochakov nomi bilan tanilgan (ukraincha: Оча́ків, rumincha: Oceacov va Vozia Ἀλέκτορος Alektor yunoncha) — Ukraina janubidagi Mykolaiv viloyatining Mykolaiv tumanidagi eng kichik shahar hisoblanadi. Ochakiv urban hromada maʼmuriyati joylashgan[1]. bugungi kundaaholi soni 13 13,927 nafarga yetdi.
Ochakiv ukraincha: Очаків | |
---|---|
Shahar | |
46°37′7″N 31°32′21″E | |
Mamlakat | Ukraina |
viloyat | Mykolaiv viloyati |
{{{tuman_turi}}} | [[Mykolaiv tumani]] |
Asos solingan | 1492 |
Avvalgi nomlari | Ochakov |
Aholisi (2021) |
13 927 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
Telefon kodi | +380 5154 |
Pochta indeks(lar)i | 57500-57014 |
|
Koʻp yillar davomida shahar qal’asi Usmonlilar viloyatining poytaxti boʻlib xizmat qilgan.
Shahar Dneprning ogʻzida, Dnepr-Bug estuariyasi boʻyida joylashgan. Ochakiv va Kinburn qal’alari Dnepr va Bugga kirishni nazorat qilgan.
Ochakov joylashgan hududda qadimda fraklar hamda skiflar yashagan. U Buyuk Skifiyaning asosiy bir qismi sifatida tanilgan. Miloddan avvalgi VII—VI asrlarda yunon mustamlakachilari Frakiya qirgʻoqlari yaqinida Alektor nomli savdo koloniya shaharchasiga asos solganlar Arxeologik qazishmalar shuni koʻrsatadiki, bu hudud yaqinida Pontic Olbiaʼnin eski Mileziya (qadimgi yunon) koloniyasi oʻrin olgan.
Dastlab Rossiya imperiyasi Moldova, Valaxiya va boshqa rumin tilida soʻzlashuvchi hududlardan kelgan ruminlar uchun diqqatga sazovor joy sifatida „Yangi Moldova“ni yaratishni rejalashtirgan[2]. Rossiya imperiyasining slavyanlarni joylashtirish siyosati natijasida ruminlar bu hududda ozchilikka aylandi[3].
Qrim urushi paytida Ochakivning qarshisidagi Kinburn qal’asi ingliz-fransuz floti tomonidan bombardimon qilindi va 1855-yil 17-oktyabrda Kinburn jangi paytida qoʻlga kiritishgan. Urushning qolgan oylarida qal’a ingliz-fransuzlar qoʻlida qoldi, ruslar Ochakivni tashlab, u yerda joylashgan qal’ani vayron qildilar. Urushdan soʻng Ochakiv atrofida qirgʻoq mudofaasi tiklandi hamda mustahkamlandi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.