Oʻzgan
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzgan (qirgʻizcha: Өзгөн) — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati Oʻzgan tumanidagi shahar, tuman markazi. Qoradaryo sohilida. Oʻsh shahridan 68 km. Oʻzgan orqali Oʻsh — Bishkek, Oʻsh — Qoragʻulja avtomobil yoʻllar oʻtgan. Aholisi 41,5 ming kishi (1999). Oʻzganning qadimiy qatlamlari miloddan avvalgi 2—1 a. larga oid. Qadimgi Oʻzganning arki va 3 shahristoni boʻlgan. 3shahristonda 16asr gacha aholi yashagan. Oʻ. rabodlari 3shahristonning shimoli-sharqida joylashgan. A.N.Bernshtam boshchiligida oʻtkazilgan arxeologik qazishlar (1945—1950) natijasida kushanlar davridan temuriylar davrigacha yaratilgan moddiy yodgorliklar (sopol buyumlar, tangalar, qar xil metall asboblar va boshqalar) topilgan. qadimiy Oʻzgan katta siyosiy va maʼmuriy mavqeni egallagan. Meʼmorlik rivojlangan.
O'zgan | |
---|---|
shahar | |
40°42′0″N 72°53′0″E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Viloyat | Oʻsh |
Tuman | Oʻzgan |
Hukumat | |
Qachondan beri shahar | 1927 |
Maydon | 92 km2 (36 kv mi) |
Markazi balandligi | 1025 m |
Rasmiy til(lar)i | qirgʻiz, rus |
Aholisi (2011) |
50 253 |
Milliy tarkib | 90,7 % oʻzbeklar, 7,7 % qirgʻizlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Avtomobil kodi | O, Z |
|
Oʻzganda quruq sut, mineral suvlar, pivo zdlari, non kombinati ishlab turibdi, gilamlar ishlab chiqariladi. Madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan minora (11-asr) va 3 gumbazli maqbara (11 — 12 a.lar) saqlangan.
Aholisi (2011) — 50,253 ming kishi.
Asosan oʻzbeklar
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.