Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi (Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi, Clarence Moore uyi va Eski Kanada elchixonasi nomlari bilan ham tanilgan) – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi diplomatik vakolatxonasidir. 2023-yil 3-martdan eʼtiboran Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov hisoblanadi[1]. Elchixona Vashingtonning Scott Circle hududi va Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz observatoriyasi oraligʻida joylashgan Elchixonalar qatori deb nomlangan qismidagi 1746 Massachusets avenyu manzilida qad rostlagan[2].
Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi | |
---|---|
Akkreditatsiya qilingan mamlakat | Oʻzbekiston |
Mezbon mamlakat | Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Manzili | AQSh, Vashington, 1746 Massachusets avenyu |
Elchi | Furqat Siddiqov |
1909-yilda qurilgan Clarence Moore uyi ohaktosh qoplamali sargʻish rim gʻishtidan yasalgan Beaux-Arts meʼmorchiligining namunasidir; Kanada hukumati tomonidan 1980-yillargacha foydalanilgan. Uy 1973-yil 3-aprelda Tarixiy joylarning milliy reestriga (NRHP) kiritilgan[3]. Bino, shuningdek, NRHP roʻyxatiga kiritilgan Massachusets avenyusi tarixiy okrugi va Dupont Circle tarixiy okrugiga qarashli mulk sifatida belgilangan[4].