"Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi" faxriy unvoni – olimlarga fan va texnika sohasidagi gʻoyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari uchun, Fan va texnikani rivojlantirishdagi, uning yutuqlarini targʻib va joriy etishdagi, respublika xalq xoʻjaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun beriladi[1][2][3][4].

Qisqa faktlar Mamlakat, Turi ...
"Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi" faxriy unvoni
Thumb
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi olimlarga fan va texnika sohasidagi gʻoyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari, uning yutuqlarini targʻib va joriy etishdagi, respublika xalq xoʻjaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi qoʻshgan hissalari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 24-aprel
Yopish

Tavsifi

Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yadro atrofidagi elektronlar trayektoriyasi, pastki oʻng chekkasida dafna novda tasvirlangan. Nishonning chap qismidan „FAN ARBOBI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.

Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasing Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Mukofot sohiblari

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.