![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/4/45/Lettersofautonumbers.gif/640px-Lettersofautonumbers.gif&w=640&q=50)
Oʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari — Oʻzbekiston Respublikasida barcha turdagi transport vositalarini qayd etish uchun joriy etilgan davlat belgilaridir. Davlat raqamlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qoshidagi „Oʻzavtomotobelgi“ davlat unitar korxonasi tomonidan[1] amalga oshiriladi. Avtoraqamlarni nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (harbiy va maxsus texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari), Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (harbiy texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari) , Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (harbiy texnika, xizmat tizimidagi transport vositalari) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligi transporti) tomonidan amalga oshiriladi[2].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c4/Uzb_autonum_uz.png/320px-Uzb_autonum_uz.png)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/4/45/Lettersofautonumbers.gif/320px-Lettersofautonumbers.gif)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f9/USSR_Tashkent_UZBEK_SSR_motorcycle_-_Flickr_-_woody1778a.jpg/640px-USSR_Tashkent_UZBEK_SSR_motorcycle_-_Flickr_-_woody1778a.jpg)