From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston.SSR bayrogʻi - Oʻzbekiston SSR timsoli hisoblangan. 1952-yilning 29-avgust kuni taʼsis etilgan.
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| |||
---|---|---|---|
Taʼsis qilingan | 1952-yil 29 avgust | ||
Rad etilgan | 1991-yil 18 noyabr | ||
Mutanosibligi |
1:2 | ||
Bayroq oʻrtasidagi havorang rang osmonni, oq liniyalar paxtani, qizil rang esa ishchi qatlamlarning inqilobiy kurashini anglatar edi. Oltin oʻroq va bolgʻa dehqon va ishchilarning birligini, besh qirrali yulduz esa proletariat ramzi edi.
Ushbu bayroqdan oldin qizil rangadagi bayroq qoʻllanilib, bayroqning yuqori tepasining chap tomonida sariq oltin rangda kirill yozuvidagi Oʻzbek tilida ''Ӯзбекистон ССР'' va Rus tilida ''Узбекская ССР'' deb yozilgan edi.
1937-yilda va 1940-yillarning boshida yana bir boshqa bayroq, yaʼni qizil rangli bayroqda tepasining yuqori chap tomonida sariq oltin rang bilan lotin yozuvida ''Ozbekistan SSR'' va kirill yozuvida ''Узбекская ССР'' deb yozilgan edi.
1931-yildan to 1937-yilgacha qizil rangli bayroqning yuqori tepasining chap tomonida ''УзССР'' deb yozilgan edi.
Oʻzbek SSR 1952-1991-yillarda ushbu maqoladagi bayroq Oʻzbekiston SSRda qoʻllangan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1991-yilning 18-noyabrida yangi bayroq, yaʼni hozirgi paytgacha qoʻllanilib kelinayotgan bayroq qabul qilingan.
Yana qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi, Oʻzbekiston bayroqlari, Oʻzbek bayroqlari tizmasi
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.