O‘zbekistondagi vazirlik From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organi hisoblanib, oʻz vakolatlari doirasida fuqaro va inson erkinligi va huquqlarini himoyalashda davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, huquq-tartibotni saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari va Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi.
Qisqartma | IIV |
---|---|
Turi | Harbiy, Huquqiy |
Maqomi | Vazirlik |
Shiori | "Xalq manfaatlariga xizmat qilish" |
Ishga tushgan sanasi | 1991-yil 25-avgust |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Vazir | Poʻlat Bobojonov |
Ishchilar soni | 120 000 dan ortiq |
Vebsayti | gov.uz/iiv |
Til(lar)i | Oʻzbek tili |
1919-yil 26-iyunda Turkiston ASSR Ichki Ishlar Xalq Komissariatining „Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasidagi Sovet ishchi-dehqon militsiyasi toʻgʻrisidagi Nizom“, oʻsha yilning iyul oyida qabul qilingan „Turkiston ASSRda, jinoiy qidiruvni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom“, 1948 iilda qabul qilingan „Militsiya postlari va patrul xizmatining Nizomi“, 1953 yil 20-iyuldagi Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashining „Oʻzbekiston SSRda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va jamoat tartibini saqlash choralari toʻgʻrisida“gi qarori, ichki ishlar idoralarida dastlabki tergov yuritish huquqini bergan sobiq ittifoq Oliy Kengashi Rayosatining 1963 yil 6-apreldagi „Jamoat tartibini saqlash idoralariga dastlabki tergovni olib borish huquqini berish toʻgʻrisida“gi farmonlari Oʻzbekiston SSR ichki ishlar organlari faoliyatining asosi boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng, ichki ishlar idoralari faoliyatida koʻplab oʻzgarishlar amalga oshirildi. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 8-yanvardagi 16—sonli „Ichki ishlar idoralarida xizmat oʻtash tartibi haqidagi Nizom“, 2001 yil 27 mart kuni Oʻzbekiston Prezidentining „Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoni asosida ishlamoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Nizomi va tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25-oktabrdagi № 270-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 2006-yil 25-oktabrdagi Oliy Majlis qaroriga muvofiq, shu kun ichki ishlar xodimlari kuni deb belgilandi.
IIVning bayrogʻi namunasi — toʻq kulrang toʻgriburchakli matodir, uning old va orqa tomonlari markazida geralʹdik belgi — diametri 98 sm boʻlgan aylana ichiga chizilgan IIVning emblemasi tasvirlangan. Geraldik belgi — IIVning emblemasi (oʻng tomondagi suratda, tahr.) chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali toʻq kumush aylana koʻrinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yoʻl-yoʻl chiziq tushirilgan. Halqali chiziqning tepa qismida idoraviy mansublikni koʻrsatuvchi soʻzlar yozilgan, yozuvlar qatʼiyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan. Aylana oʻrtasida chetlari milliy ornament bilan bezatilgan, ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi qalqon tasvirlangan. Uning markazida doira ichiga chizilgan oʻngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma boʻlib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon ortida — tigʻi pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir — kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi boʻlgan Xumo qushi tasvirlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy devoni quyidagi organlardan tuzilgan:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.