Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlaridan biri.
Qisqa faktlar Maqsadi, Ishga tushgan sanasi ...
Yopish
- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilangan.
- Xizmat Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiladi.
- Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
- Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradi.
- Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoʻriqlaydi va himoya qiladi.
- Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
- Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy maʼnaviy merosini himoya qiladi.
- Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha kurash olib boradi.
- Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining taʼminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
- Davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradi.
- Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi: davlat xavfsizligi – Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi; davlat manfaatlari (Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlari) – jamiyatda qonun ustuvorligini, xavfsizlik va barqarorlikni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taʼminlashga boʻlgan davlatning anglanilgan ehtiyojlari; kontrrazvedka faoliyati – chet davlatlarning, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning, guruhlarning hamda ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga va xavfsizligiga zarar yetkazayotgan yoki zarar yetkazishga qodir boʻlgan razvedka, diversiya, qoʻporuvchilik va boshqa buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash hamda unga barham berishga qaratilgan faoliyat; razvedka faoliyati – chet davlatlarning maxsus xizmatlari, tashkilotlar, guruhlar va ayrim shaxslar keltirib chiqaradigan, davlat manfaatlariga daxl qiladigan, real xavf-xatarlar hamda tahdidlarni aks ettiradigan axborotni qoʻlga kiritishga va unga ishlov berishga, shuningdek davlat xavfsizligini taʼminlash hamda davlat manfaatlarini ilgari surishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishiga koʻmaklashishga qaratilgan faoliyat.
- Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy prinsiplari Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, fuqarolarning yordamiga tayanish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi ustuvorligi, yagonalik, mustaqillik, konspiratsiyadan iboratdir.