![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/84/Flag_of_Uzbekistan.svg/languz-640px-Flag_of_Uzbekistan.svg.png&w=640&q=50)
Oʻzbekiston Paralimpiada oʻyinlarida
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida pauerlifting boʻyicha yagona vakili (Yusup Qodirov) bilan debyut qilgan. Erkaklar oʻrtasida 75 kg boʻlgan vazn toifasida Qodirov shtangani koʻtara olmadi. Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga pauerlifting va suzish boʻyicha ikkita sportchini yuborgan, biroq ular ham birorta ham medalni qoʻlga kirita olishmagan. 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida para-dzyudo boʻyicha 73 kg vazn toifasida Sharif Xalilov Oʻzbekiston hisobidagi ilk medalni (kumush) qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston uchun Paralimpiya oʻyinlarining eng muvaffaqiyatli natijasi 2016-yili Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan boʻlib, ular jami 31 ta medalni qoʻlga kiritib, medallar jadvalida kuchli yigirmatalikka kirgan edi. Oʻzbekiston paralimpiyachilari 2014-yilgi va 2018-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan, biroq medal olisholmagan[1].
Oʻzbekiston Paralimpiya oʻyinlarida | ||||
![]() | ||||
XOQ kodi: | UZB | |||
MPQ: | ||||
Yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki | ||||
2004 • 2008 • 2012 • 2016 • 2020 • 2024 | ||||
Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ishtiroki | ||||
2014 • 2018 • 2022 | ||||
Shuningdek qarang | ||||