![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4e/National_University_of_Uzbekistan_Logo.png/640px-National_University_of_Uzbekistan_Logo.png&w=640&q=50)
Oʻzbekiston milliy universiteti
Oʻzbekistondagi universitet / From Wikipedia, the free encyclopedia
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU) – Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet. 1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan[2].
Qisqa faktlar Xalqaro nomi, Turi ...
![]() Universitet logotipi | |
Xalqaro nomi |
National university of Uzbekistan |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1918-yil |
Rektori | In'om Madjidov |
Fakultetlar | 16 |
Talabalari | 33 930 [1] |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Aspirantura | 3 yil |
Doktorantura | 3 yil |
Manzili |
Toshkent-100174, Talabalar shaharchasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston |
Veb-sayti | http://www.nuu.uz/ |
Yopish