From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston futbolchilar uyushmasi (Ўзбекистон футболчилар уюшмаси) – xalqaro futbolchilar assotsiatsiyasi (FIFPro) tashkilotining Oʻzbekistondagi vakili.
Xalqaro FIFPro tashkiloti 1965-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda 65 ta davlat futbolchilar uyushmalari aʼzo hisoblanadi. 2017-yildan Oʻzbekiston ham aʼzo boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston futbolchilar uyushmasi sifatida rasmiy failiyatini boshlagan[1].
Uyushma oʻz oldiga vazifa sifatida futbolchilarni huquqlarini himoya qilish shu bilan bir qatorda, sportchilarning salomatligini muhofaza qilishni taʼminlashni maqsad qilishgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagan sportchilar keyingi davrda ham amaliy yordam koʻrsatish, shu bilan bir qatorda futbolchilar ichidan kuchli va malakali kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
OʻzPFL Oʻzbekiston futbolchilari uyushmasi (OʻFU) bilan 2024-yil soʻngiga qadar memorandum imzoladi[2]. Uyushmaning olib borayotgan har bir harakatlari FIFPro tomonidan nazorat qilinib boriladi va qoʻyilgan talab va vazifalarni oʻz vaqtida bajara olmagan, yillik hisobotni topshirmagan FIFPro azolari tashkilotdan chiqarib yuboriladi. Kamoliddin Murzoyev tashkilot rahbari sifatida faoliyat olib boradi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.