Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari — Oʻzbekiston — Ispaniya oʻrtasidagi tashqi aloqalarni ifodalaydi. Bu aloqalar XV asrdayoq aloqa oʻrnatilgani, 1404-yilda Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga kelgani va Amir Temur saltanati haqida esdaliklar yozgani tarixdan maʼlum. Oʻzbekistonning Ispaniya poytaxti Madridda elchixonasi[1] va Barselonada bosh konsulligi[2] bor.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Ispaniya bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari chogʻida hamkorlikning shartnomaviyhuquqiy negizini yaratuvchi bir qancha hujjatlar kelishib olindi.