Oʻtror

From Wikipedia, the free encyclopedia

Oʻtrormap

Oʻtror, Turarband, Tarband, Oʻtrortepa (qozoqcha: Otyrar) — qadimiy shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-asrmilodiy 16-asr). Janubiy Qozogʻistondagi Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida. Oʻ. 3 qism (ark, shahriston, rabod)dan iborat boʻlib, burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devori va xandaqlar bilan oʻralgan. Oʻ.dan koʻchalar, hammom, turar joy binolari qoldiqlari, uyroʻzgʻor, zargarlik buyumlari, kamon oʻqlari va boshqalar topilgan. Moʻgʻullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va hunarmandchilik shaharlaridan biri boʻlgan.

Qisqa faktlar O'tror qozoqcha: Отырарqozoqcha: Otyrar, Mamlakat ...
O'tror

qozoqcha: Отырар
qozoqcha: Otyrar
Qadimgi shahar
42°51′5.3384″N 68°18′10.6906″E
Mamlakat Qozogʻiston
{{{mintaqa_turi}}} Turkiston (viloyat)
Asos solingan VII asr
Maydon 347 km2 (134 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Qozoq tili
Vaqt mintaqasi UTC+06:00
Telefon kodi +7 7252
Avtomobil kodi Х
O'tror xaritada
O'tror
O'tror
Yopish

Oʻtrormudofaasidan soʻng moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. Oq Oʻrda xonlari uni 14-asr da tiklaganlar. Bu davrda masjid, madrasa, xonaqoh qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida muhim harbiy shahar, qalʼa boʻlgan. Bu davrda Yevropadan Osiyoga boradigan yangi savdo yoʻli vujudga kelgan; u Volga sohillaridan Uraldagi Saroychik shahri orqali Koʻhna Urganch, Oʻ. va Olmaliqqa borgan. Bu yoʻldan musulmon savdogarlari ham, yevropalik tijoratchilar ham foydalanishgan. Oʻ.dan koʻplab allomalar yetishib chiqqan; shahar obodligi, chiroyi bilan nom chiqargan. 16-asrdagi oʻzaro ichki nizolar paytida huvillab qolgan.1991-yilga kelib esa Oʻtror ochiq osmon ostidagi muzey deb ataladi.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.