Oʻrgimchak toʻri
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻrgimchak toʻri[1] odatda oʻrgimchak tomonidan oʻljasini tutish maqsadida toʻqiladi. Oʻrgimchaklar soʻgallari yordamida oʻrgimchak tolasi hosil qilib, orqa oyoqlari orqali hosil qilingan tolalarning barchasini bir-biriga qoʻshib, umumiy toʻrga aylantiradi.
Koʻpchilik oʻrgimchaklar hasharotlarni ushlash uchun maxsus tuzoq oʻlaroq toʻr toʻqishadi. Biroq, barcha oʻrgimchaklar oʻljasini tutish uchun toʻrdan foydalanishmaydi, baʼzilari esa umuman toʻr toʻqimaydi.