From Wikipedia, the free encyclopedia
Nodir-uzlat, Mahjur, Sharif (taxalluslari; ismi Muhammad Sharif) (1743 — hozirgi Kosonsoy tumani — ?, taxminan Qoʻqon) — shoir va xattot. Kosonda oʻqib, savod chiqargan, kotiblik qilgan. Soʻng Qoʻqonga kelgan va shu yerda yashab kelgan. Nodira uni oʻz panohiga olib, saroyda xattot etib tayinlagan. Nodir-Uzlat turkiy va forsiyda ijod qilgan, gʻazal, masnaviy, ruboiy, muvashshax, tarjiʼband, taʼrix, oʻlan janrlarida 13 ming misradan koʻproq sheʼrlar hamda "Haft gulshan" dostonini (1824—25) yozgan. Lirikasi, asosan, ishqiy-falsafiy sheʼrlardan iborat. Xalq ogʻzaki ijodi bilan yozma adabiyot aloqalari uning oʻlanlarida yorqin aks etgan. Devon tuzgan. "Haft gulshan" dostoni Nodiraga bagʻishlangan. Asar 5842 misra — qamd, naʼt, chahor yor taʼrifi, shoir axvoli va dostonning yozilish sabablari bayoni (kirish) hamda 7 mustaqil sheʼriy hikoyadan iborat. Asarda malika Nodiraning mamlakat obodonchiligi va ilmfan rivojiga qoʻshgan hissasi, uning yuksak insoniy fazilatlari aks ettirilgan. Shuningdek, baxtli hayot va odil shoh gʻoyalari ilgari surilgan. Dostonda bosh mavzu — sevgi, sadoqat tasviri birinchi oʻrinda turadi. "Haft gulshan" hamda Devonning qoʻlyozma va toshbosma nusxalari Qoʻqon adabiyot muzeyi (inv. № 1462, 88), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №1801, 10114) fondida saqlanadi.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.