From Wikipedia, the free encyclopedia
Niharika Singh(1982-yil 31-avgustda tugʻilgan) - hind kino aktrisasi. U o'z faoliyatini model sifatida boshlagan va 2005-yilda Miss Earth India unvonini qo'lga kiritgan. Aktrisa sifatida u 2012-yilda Kann kinofestivalida ishtirok etgan va tanqidiy e’tirofga sazovor boʻlgan “Miss Lovely” dramasida debyut qildi.[1] Niharika 2016-yilda "Berlinale Talents" uchun tanlangan va 2019-yilda u kompaniya direktorlaridan biri sifatida "Future East" kompaniyasida ishlagan.[2]
1982-yil 31-avgustda Nyu-Delida tug'ilgan Niharika bolaligini Hindistonning turli shimoliy shaharlarida o'tkazdi. Bir necha yilda uylar va maktablarga ko'chirildi. Uning otasi Uttar-Pradesh turizmi sohasida ishlagan va shtat bo'linganidan keyin Uttarakxand turizmni rivojlantirish kengashida ishladi. Uning onasi moda dizayni bo'yicha o'qigan va Nyu-Delida dizayn institutini boshqargan. U ikki opa-singilning eng kattasi. Uning Rajastanlik ona tomonidan oilasi va Uttar Pradeshlik ota tomonidan oilasi ikkalasi ham Arya Samaj oqimida e'tiqod qilishadi, ammo Niharika hech qanday dinga amal qilmaydi.[3]
Singh o'sib ulg'aygan sari kitoblarga mehr qo'ygan edi va ijodiy maqola yozish hamda, sahna san'atiga katta qiziqishi borligini ko'rsatdi. U 4 yoshida Haridvardagi boshlang'ich maktabida Bharat Mata sifatida birinchi chiqishini eslaydi. U yozgi ta'tilda Sahitya Kala Parishad tomonidan o'tkazilgan bolalar teatri spektakllarida qatnashar va bolaligida Nyu-Delidagi Kamani auditoriyasida spektakllarda o'ynagan. Keyin Niharika Nainitaldagi qizlar maktab-internatiga, All Saints kollejiga yuborildi. U yerda uning mashg'ulotlarga qiziqishi rag'batlantirildi. Singh 1999-yilda Dehradundagi dizayn institutining rampasida model sifatida ishlay boshlagan. U B.Comda ilmiy daraja uchun o'qishni davom ettirdi. Nyu-Delidagi Shri Ram savdo kollejida o'qidi va ozgina daromad olish uchun modellik ishlarini davom ettirdi. Niharika bir nechta bosma kampaniyalarda, moda jurnallarida, musiqiy videolarda ishtirok etdi va singlisi 2003-yilda Sent-Ksavyer kollejiga o'qishga kirganidan so'ng kollejni tashlab, Mumbayga shou-biznesda to'liq karyera qurishga kirishdi.[4]
Singh 2005-yilda Femina Miss India tanlovida ishtirok etdi va Miss Photogenic hamda Miss Beautiful Hair uchun qilgan ishlar bilan birga Miss Earth India unvonini qo'lga kiritdi. Shundan so'ng u Filippinda bo'lib o'tgan "Miss Earth 2005"da Hindiston vakili bo'ldi.[5][6][7] Niharika butun mamlakat bo'ylab turli brendlar uchun bir nechta televizion reklama va bosma kampaniyalarda suratga tushdi. 2006-yilgi Femina Miss India tanlovi ishtirokchilari bilan Banungi Main Miss India realiti-shouni olib bordi.[8] Singh Times of India jurnalining 2005-yildagi eng orzu qilingan ayollar roʻyxatida oʻrin olgan va Bollivud filmlarida rol oʻynash uchun takliflar tushguniga qadar modellik faoliyatini davom ettirgan.[9][10][11][12][13]
Niharikaning kino karyerasi 2006-yilda Bollivud rejissori Raj Kanwar bilan birga ishlash bo'yicha shartnoma imzolaganidan boshlangan.[14][15][16] John Matthew Matthan rejissori bo'lgan "A New Love Ishtory"(Yangi sevgi ishtory) filmida takabbur merosxo'r rolini o'ynash uchun unga murojaat qilinmaguncha, uning shartnomasi yopiq qoldi.[17][18][19] Niharika "A New Love Ishtory"(Yangi sevgi ishtory) filmini suratga olishdan oldin Barry John(teatr rejissori)ning aktyorlik kursida qatnashgan. Filmni suratga olish paytidagi ichki kelishmovchiliklar tufayli produser Bhushan Kumar moliyalashtirmadi, tugallanmagan versiyaga dublyaj qildi va aktyorlar boshqa ishtirokchilarning xabarisiz filmni bevosita telekanalga sotdi.[20] Singh o'zining ikkinchi filmi "Mudh Mudh Ke Na Dekh Mudh Mudh Ke'[21] uchun senariyda qarama qarshi obraz bo'lgan Reshammiya rolida suratga tusha boshladi.[22][23][24] U shuningdek, rejissor Anand Kumar (rejissor) tomonidan suratga olingan kannada filmidagi "Private Number"(Noma'lum raqam)da rol o'ynagan.[25][26][27]
Seyfga qo'yilgan va namoyish etilmagan bir qator filmlardan so'ng, Singh Mumbayning boshqaruvida, Ashim Ahluwalianing tanqidiy e'tirofga sazovor bo'lgan "Miss Lovely" filmida rol ijro etdi.[28][29][30][31] Film 2012-yilgi Kann kinofestivalida ishtirok etdi va 61-Milliy kino mukofotlarida 2 ta mukofotni qoʻlga kiritdi.[32][33][34][35][36] Singh jozibali rol o'ynadi. Buning uchun u yuqori baholarga sazovor bo'ldi va 21-Ekran mukofotlari marosimida eng istiqbolli yangi ishtirokchi nominatsiyasiga sazovor bo'ldi.[37][38][39][40][41][42][43] "Miss Lovely" uchun o'tkazilgan ommaviy axborot vositalari bilan muloqotida Niharika u kitoblar yozishga harakat qilayotganini aytdi.[44][45][46][47][48][49][50][51][52][53][54]
Niharika Kann va boshqa xalqaro festivallardagi tajribasidan soʻng u o'zi uchun kino sohasini qayta kashf etdi va media haqidagi bilimini kengaytirish uchun 2013-yilda Hindiston Kino va Televideniya Institutida kursga o'qishga kirdi.[55][56][57][58]
Aktrisa 2016-yilda Berlinale Talents uchun tanlangan, u yerda Jean-Louis Rodrigue va Kristof Konrad bilan seminarda qatnashgan.[59][60]
Singh jamoat ishlaridan tanaffus oldi va keyingi o'n yil ichida bir nechta mustaqil art-haus film loyihalarida ishtirok etdi. U Buddhadeb Dasguptaning BFI London kinofestivalida premyerasi boʻlgan “Anvar Ka Ajab Kissa” nomli hind filmida,[61][62] Hindistonning 46-xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan Bappaditya Bandopadhyayning koʻp tilli “Sohra Bridge" Sohra koʻprigi” dramasida rol ijro qilgan.[63][64][65] Nikhil Pherwanining rejissorlik debyuti bo'lgan “Ahaan” daun sindromi bilan kasallangan aktyor rolini va Ashim Ahluwaliyaning “Palace of horrors"(Dahshat saroyi) nomli uzun metrajli antologiyasidagi rolini ijro qilgan. U ommaviy axborot vositalarida obro'ni saqlashni tanladi va bu davrda biron bir film uchun reklama tadbirlarida qatnashishdan bosh tortdi.
2019-yilda Singh Future East Film kompaniyasi direktorlaridan biri sifatida faoliyatini boshladi va u yerda chet ellik talabalar uchun "Diversity Film Training" dasturini taqdim etdi.[66][67] U 2020-yilda rejissor Ashim Ahluwalia[68] va vizual rassom Amit Basak bilan birgalikda Future East Digital kompaniyasiga rasman asos solgan.
Hindistonning Miss Earth g'olibligini olganidan keyin bosh vazir Narayan Dutt Tiwari tomonidan Uttarakhandda davlatning muhim insoni sifatida qabul qilindi.[69][70] U 2005-yilda Uttarakhand gubernatori Sudarshan Agarvalning buyrug'i bilan "Rotary Blood Bank"ning elchisi etib tayinlangan va Mussuri shahrida uning nomi bilan bog' qurilgan.[71][72][73]
2007-yilda Benaraslik model Niharika Singhga o'xshab rampadan pastga tushib, shuhrat qozondi.[74]
Niharika 2017-yilda aktyor Navazuddin Siddiqiy bilan o'zaro ziddiyatga borgan.[75][76][77][78][79][80] Faxriy aktrisa Asha Parekh oʻzining noroziligini koʻrsatib, “Navazuddinning xonimga qilgan ishi yaxshi ishga toʻgʻri kelmasdi” deb aytdi.[81][82][83] Keyinchalik bergan intervyusida Siddiqiy "Bu mening hayotimdagi eng katta xato" deb aytgan.[84][85][86][87][88]
2018-yil noyabr oyida Singh “Me Too” harakatiga shou- biznesdagi dalit ayol sifatida murojaat qilgan insho yozdi. Uni jurnalist Sandhya Menon Twitter’da e’lon qildi.[89] Ushbu maqola virusga aylandi va darhol Hindistondagi barcha yetakchi ommaviy axborot vositalari va yangiliklar kanallari tomonidan ko'rib chiqildi.[90][91][92][93][94][95][96]
Niharika Harvard universiteti, Kolumbiya universiteti va Javoharlal Neru universitetlarida mehmon va ma'ruzachi sifatida taklif qilingan.[97][98][99][100]
Yil | Film | Til | Rol | Izohlar | Reflar |
---|---|---|---|---|---|
2012 | Miss Lovely | hind | Pinky/Sonika/Pooja | Nomzod - Eng istiqbolli yangi kelgan - Screen Award mukofotlari | [101][102] |
2013 | A New Love Ishtory | hind | Kamya Dhanraj | [103][104] | |
2013 | Anwar Ka Ajab Kissa | hind | Ayesha | [105][106] | |
2016 | Sohra Bridge | Ingliz, bengal, assam, xasi | Ria | [107][108] | |
2018 | The Field Guide to Evil | Ingliz, Bengal | Sadhavi | antologiya; Segment - Dahshatlar saroyi | [109][110] |
2019 | Ahaan | hind | Anu | [111][112] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.