From Wikipedia, the free encyclopedia
Nelson Rolihlahla Mandela (18 iyul, 1918 yilda tugʻilgan, Kunu, Umtata yaqinida)/ 2013.5.12 — 10 may 1994 yildan 1999 yilgacha — JAR prezidenti, aparteid ning mavjud boʻlgan davridan boshlab inson huquqlari uchun kurash olib borgan eng mashhur aktivistlardan biri, shu sababli u 28 yil qamoqda oʻtirgan, 1993 yil dunyo Nobel mukofoti sovrindori.
Talabalik davrida turli namoyishlarda qatnashgan, keyinchalik Yohannesburgda muharrir boʻlib ishlagan va Vitvatersran Universitetiga oʻqishga kirgan. 1944 yil Afrika Milliy Kongresi yoshlar ligasini yaratishda qatnashgan. Keyinchalik, kurashning kuchayib borish tufayli, «M reja» deb nomlanuvchi reja ishlab chiqadi, unga koʻra AMK yacheykalari yashirinishgan. 1952 yil Mandela oʻz oʻrtogʻi Oliver Tambo bilan birgalikda qoratanlilarni boshqaruvchi birinchi qonuniy firmani tashkil etishadi. 1961 yilda AMK radikal qanotni boshqaradi, «Umkxonto ve sizve», davlatga qarshi siyosiy sabotaj boshlaydi. 1968 yil noyabrda Mandela qamoqqa olinadi va Robben Aylend qamoqhonasida butun umrga ozodlikdan mahrum etiladi.
1948 yil sekretar va AMKda ikki marta prezident boʻlgan(1950 va 1991 yillarda). 50 dan ortiq halqaro Universitetlar aʼzosi. 1990 yil 18 fevralda Mandela qamoq jazosidan ozod etiladi, 11 fevralda yarashish va qurolli qarshilik koʻrsatish toʻhtatilishi haqida eʼlon qiladi.
1999 yil JAR prezidentlik lavozimidan ketgach, VICh va OITS muammolariga katta eʼtibor bera boshlaydi. Ekspertlar fikriga koʻra JAR da hozirgi kunda OITS bilan kasallanganlar besh millionni tashkil etadi, bu koʻrsatkich boshqa barcha davlatlardan koʻp.
Mandelaning katta oʻgʻli Makgaxo Mandela OITSdan vafot etgach, Nelson Mandela dunyoni ushbu kasallikka qarshi kurash olib borishga daʼvat etadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.