N'Golo Kanté
From Wikipedia, the free encyclopedia
N'Golo Kanté (talaffuzi: Ngolo Kante) — fransuz professional futbolchisi, Premier Leaguedagi «Chelsea» klubida va Fransiya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.[1] Ko'pchilik futbol ixlosmandlari tomonidan dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri deb topilgan Kante o'zining o`yin tezligi va himoyadagi ishonchli o`yini uchun muxlislarning maqtoviga sazovor bo'lgan.[2][3]
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | N'Golo Kanté | ||
Tavallud sanasi | 29-mart 1991-yil (1991-03-29) (33 yosh) | ||
Tavallud joyi | Parij, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.68 m | ||
Ampluasi | Markaziy yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
Raqami | 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999–2010 | JS Suresnes | ||
2010–2012 | Boulogne | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012–2013 | Boulogne | 38 | (3) |
2013–2015 | Caen | 75 | (4) |
2015–2016 | Leicester City | 37 | (1) |
2016-yildan | Chelsea | 183 | (11) |
Milliy terma jamoa | |||
2016-yildan | Fransiya | 53 | (2) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22-may uchun) |
N'Golo Kanté 2012-yilda "Boulogne" klubida o`zining birinchi debyut o`yinini o`tkazdi. Liga 2 ning birinchi oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi va keyingi yili uchinchi Fransiya divizionida butun mavsum oʻynadi. Shundan so'ng u Liga 2 jamoasi bo`lgan "Caen"ga tekinga qo'shildi. Mavsum jadvalida uchinchi o'rinni egalladi va Liga 1 ga ko'tarildi. U klubda yana bir yil qoldi. N'Golo Kanté 2015-yilda 5,6 million funt sterling evaziga "Leicester Siti"ga o'tdi.
N'Golo Kanté "Leicester Citi" jamoasining ajralmas bo`lagi edi. U 2016-yilda kutilmagan Premierliga chempioniga aylandi. Keyingi mavsum N'Golo Kanté 32 million funt sterling evaziga "Chelsea"ga qo'shildi va yana ligada g'olib chiqdi. Bu g'alaba uni 1992 va 1993-yillardagi Eric Cantonadan keyin turli klublar bilan ketma-ket Angliya chempionligini qo'lga kiritgan birinchi o'yinchiga aylantirdi.[4] "Chelsea" bilan Angliya kubogini, UEFA Yevropa ligasi,UEFA Chempionlar ligasi, UEFA Superkuboginining bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Individual tarzda N'Golo Kanté PFA tomonidan "Players' Player of the Year", FWA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi va UEFAning eng yaxshi yarim himoyachisi unvonlariga sazovor bo'ldi.
Kante 2016-yilda Fransiya terma jamoasi safida debyut o`yinini o`tkazdi va 2016-yilgi Yevropa chempionatida zaxira tarkibga kiritilgan. 2017-yilda Kante Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bunday natijaga erishgan so'nggi yetti yil ichida birinchi Premierliga o'yinchisi bo'ldi. Bir yildan keyin 2018-yilgi FIFAning Jahon chempionati g'olibi sifatida jamoasining asosiy tarkibida bo'lgan.