Mutanabbiy ko'chasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Al-Mutanabbiy koʻchasi Iroq poytaxti Bagʻdodning markazida, Al-Midan hududidagi koʻcha yaqinida joylashgan. Al-Mutanabbiy koʻchasi Bagʻdod aholisi uchun madaniy bozor hisoblanadi. U yerda har xil sohadagi kitoblar sotiladi. Bu bozor odatda juma kunlari gavjum boʻladi. Bu erda XIX asrga oid bosmaxona ham mavjud. Bundan tashqari nodir kitoblar va qoʻlyozmalarni oʻz ichiga olgan bir qancha kutubxonalar ham mavjud. Al-Mutanabbiy koʻchasining oxirida qadimgi Al-Shabandar kafesi va zamonaviy kitoblar va jurnallar sotiladigan bozor ham mavjud.
Al-Mutanabbiy koʻchasi Bagʻdod va Iroqning boshqa hududlaridek 2003-yilda Amerikaning Iroqqa bostirib kirishidan keyin bir necha portlashlarga duchor boʻlgan. 2007-yil 5-martda hujum natijasida 30 ta xaridor vafot etgan. Bundan tashqari koʻplab kutubxonalar va binolarni vayron qilgan.