Maskat
From Wikipedia, the free encyclopedia
Maskat (arabcha: Masqaṭ) — Ummon Sultonligi poytaxti, Arabiston yarim orolning sharqiy qismida. Ummon qoʻltigʻi sohilidagi dengiz porti (chetga xurmo, mevalar, quritilgan baliq chiqariladi). Aholisi 52 ming kishidan koʻproq (1993). Karvon yoʻllari tuguni. Savdohunarmandchilik markazi. Universitet bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan oʻrta asrlarda qurilgan turar joylar, 16-asrda portugallar qurgan fortlar saqlangan. Shahar yaqinida xalqaro aeroport bor.[1]
| ||||
---|---|---|---|---|
| ||||
Mamlakat | Ummon | |||
Maqomi | Poytaxt | |||
Sultoni | Qobus ibn Said | |||
Maydoni | 1 500 km² | |||
Aholisi
|
731 730 kishi
| |||
Vaqt mintaqasi | UTC+4 | |||
Rasmiy sayti | http://www.omanet.om/ (Wayback Machine saytida 2007-10-10 sanasida arxivlangan) | |||
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Maskat (maʼnolari).