Muharram
From Wikipedia, the free encyclopedia
Muharram (arabcha - taqiqlangan, muqaddas) - arablarning Oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy yil hisobida birinchi oy. Muharram islomdan ilgari ham arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar oʻrtasidaga urush-janjallar va qon toʻkishlar taqiqlangan. Bu Muharram oyining nomidan ham koʻrinib turadi. Islomda Muharram urush man qilingan toʻrt oyning biridir.