![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e3/Mohammad_bin_Salman_October_2019_%2528cropped%2529.jpg/640px-Mohammad_bin_Salman_October_2019_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Muhammad ibn Salmon
From Wikipedia, the free encyclopedia
Muhammad bin Salmon Al Saud (arabcha: ; 1985-yil 31-avgust), arablar orasida MBS yoki MbS nomlari bilan tanilgan, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri hisoblanadi. U, shuningdek, Iqtisodiy va taraqqiyot masalalari boʻyicha kengash hamda Siyosiy va xavfsizlik masalalari boʻyicha kengash raisi lavozimlarida ham ishlaydi. U Saudiya Arabistonining amaldagi hukmdori sanaladi, u 2022-yilda bosh vazir etib tayinlanishidan oldin ham shu maqomga ega hisoblangan. U 2015-2022-yillarda mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. U qirol Salmonning yettinchi oʻgʻlidir. U Forbes talqini boʻyicha dunyoning eng kuchli 8-kishisi deb topildi.[1] Uning shaxsiy boyligi kamida 25 milliard dollarni tashkil etadi va bu uni dunyodagi eng badavlat qirollik aʼzolari va shaxslaridan biriga aylantiradi.[2]
Muhammad ibn Salmon | |
---|---|
![]() | |
Saudiya valiaxd shaxzodasi | |
Mansab davri 21-iyun 2017-yil – hozirgacha | |
Monarx | Salmon ibn Abdulaziz as-Saud |
Oʻtmishdoshi | Muhammad ibn Noif |
Muhammad bin Salmon, shahzoda Salmon bin Abdulaziz va uning uchinchi rafiqasi boʻlmish Fahda bintu Falah Al Xitlaynning birinchi farzandi sifatida dunyoga kelgan. Qirol Saud universiteti da huquqshunoslik diplomini qoʻlga kiritganidan soʻng, u otasining maslahatchisi boʻlib xizmat qila boshlagan. Salmon qirol boʻlganidan soʻng 2015-yilda Muhammadni mudofaa vaziri va valiahd shahzoda oʻrinbosari etib tayinladi. Muhammad 2017-yilda qirol Salmonning jiyani valiahd shahzoda Muhammad bin Nayif ishdan boʻshatilgandan keyin valiahd shahzoda etib koʻtarilgan. Salmon 2022-yilda bosh vazirlik lavozimini oʻz oʻgʻliga topshirdi.