Missisipi bayrogʻi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Missisipi bayrogʻi (inglizcha: Flag of Mississippi) — AQShning Missisipi shtatining davlat ramzlaridan biri. Bayroqda markazida chetlari tillarang boʻlgan koʻk vertikal chiziqli qizil maydonda oq magnoliya guli va „In God We Trust“ (inglizchadan „Biz Xudoga ishonamiz“) soʻzlari tasvirlangan. Bayroq Missisipi bayrogʻini qayta loyihalash komissiyasi tomonidan tanlab olingan va 2020-yil 3-noyabrda oʻtkazilgan referendumda maʼqullangan. 2021-yil 6-yanvarda bayroq shtat parlamenti tomonidan tasdiqlandi va 11-yanvarda rasmiylashtirildi.[2][3][4] U yuqori chap burchagida Amerika Konfederativ shtatlarining jangovar bayrogʻi tasvirlangan va 2020-yil 30-iyunda bekor qilingan oldingi bayroq oʻrnini egalladi[5].