![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/02/LN_member_states_animation.gif/640px-LN_member_states_animation.gif&w=640&q=50)
Millatlar Ligasiga aʻzo boʻlgan davlatlar
From Wikipedia, the free encyclopedia
1920-yil 10-yanvarda Millatlar Ligasi tashkil etilganidan buyon unga turli vaqtlarda 63 ta davlat qoʻshildi. Ayrim davlatlar 1946-yil 18-aprelda Millatlar Ligasi tarqatib yuborilishidan oldin uni tark etdilar.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/02/LN_member_states_animation.gif/640px-LN_member_states_animation.gif)
Millatlar Ligasining eng koʻp davlatlari soni 58 tani tashkil etdi. Bu 1934-yil 28-sentyabrda Ekvadorning kirishidan to 1935-yil 23-fevralda Paragvayning chiqib ketishigacha boʻlgan davr edi. Shu vaqtgacha Millatlar Ligasidan Kosta-Rika (1925-yil 22-yanvar), Braziliya (1926-yil 14-iyun), Yaponiya Imperiyasi (1933-yil 27-mart) va Germaniya (1933-yil 19-sentyabr) aʼzolikdan chiqdi; keyin esa faqat Misr qoʻshildi (1937-yil 26-may).
42 ta taʼsischi davlatdan 23 tasi (yoki Erkin Fransiyani hisobga olgan holda 24 tasi) Millatlar Ligasi tarqatib yuborilgunga qadar uning aʼzosi boʻlib qoldi. 1920-1937-yillarda 21 ta davlat qoʻshildi, ammo 7 tasi 1946-yilgacha chiqib ketdi yoki chiqarib tashlandi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Hijoz Millatlar Ligasiga qoʻshilmadi.