Michael Schumacher
From Wikipedia, the free encyclopedia
Michael Schumacher (talaffuzi: Mixael Shumaxer; 3-yanvar 1969-yil, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, GFR) — Formula 1 musobaqalarida Jordan, Benetton, Ferrari va Mercedes jamolarida qatnashgan nemis sobiq avtopoygachisi. Schumacher Formula 1 bo'yicha jahon chempionatida 7 marta g'alaba qozonib rekord qayd etgan (Lewis Hamilton bilan teng). Schumacher 2012-yilda sportni tark etgan. Sportni tark etgan vaqtda u eng koʻp gʻalaba qozonish boʻyicha rekord sohibi edi (91). Shuningdek, poul pozitsiyalari (68) va podium natijalari (155)ni tashkil etadi. Bugungi kunga kelib baʼzi rekordlar Lewis Hamilton tomonidan yangilangan. Eng tez aylanish boʻyicha rekord ham (77) Michael Schumacherga tegishli.
Michael Schumacher | |
---|---|
Tavalludi |
3-yanvar 1969-yil (1969-01-03) (55 yosh) |
Fuqaroligi | Germaniya |
Kasbi | Avtopoygachi |
Faoliyat yillari | 1991-2012 |
Turmush oʻrtogʻi | Corinna Betsch |
Imzosi | |
Schumacher oʻzining poygadagi faoliyatini kartingda boshlagan. Ushbu vaqt davomida Schumacher bir nechta oʻsmirlar uchun tashkil etilgan seriyalarda muvaffaqiyat qozondi. 1991-yil „Formula-1“ poygalaridan biri Belgiya Gran-prisida Jordan jamoasi bilan ishtirok etdi. Mavsumning qolgan qismida Benetton jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U 1994—1995-yillarda ketma-ket chempionlikni qoʻlga kiritdi. Schumacher 1996-yilda Ferrari jamoasiga oʻtdi. Jamoadagi ilk yillarida yaʼni 1997 va 1998-yillarda mavsumda yaxshi ishtirok etdi, ammo soʻnggi poygada chempionlikdan mahrum boʻldi. 1999-yilgi mavsumda tormoz ishlamay qolishi oqibatida oyogʻi singan. Keyingi mavsumlar Schumacher va Ferrari jamoasi uchun omadli keldi. 2000-yildan 2004-yilgacha ketma-ket beshta chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ushbu mavsumlar davomida bir qancha rekordlarni yangilagan. 2005-yilda uchinchi va 2006-yilda esa ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Schumacher sportni tark etganini eʼlon qildi. Keyinchalik 2010-yildan 2012-yilgacha Mercedes jamoasida qisqa vaqt poygalarda qatnashdi.
Schumacher poygalar paytida uzoq vaqt davomida oʻz tezligini maksimal chegarada ushlab tura olish qobiliyatiga ega deb taʼriflangan. U va uning ukasi Ralf Formula-1 poygalarida g‘alaba qozongan yagona aka-uka hisoblanadi. Shuningdek, bir poygada birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan birinchi aka-uka poygachilardir. Ular keyingi to‘rtta poygada buni takrorlagan. Schumacher faoliyati davomida bir qancha bahsli poygalarda ishtirok etgan. Jumladan, ikki marta chempionlikni hal qiluvchi soʻnggi poygalar. Bular: 1994-yilgi Avstraliya Gran-prisida Damion Hill bilan, keyinroq esa 1997-yilgi Yevropa Gran-prisida Jacques Villeneuve bilan.
UNESCO elchisi boʻlgan Schumacher gumanitar loyihalarda ishtirok etgan va shu loyihalarga o‘n millionlab dollar xayriya qilgan.
2013-yil dekabr oyida Schumacher changʻi uchish paytida yiqilish tufayli bosh miya jarohatini olgan. U 2014-yilning iyunigacha tibbiy koma holatida edi. 2014-yil sentyabr oyida shaxsiy davolanish va reabilitatsiya olish uchun o‘z uyiga ko‘chirilgan. Unga qadar Lozanna universiteti kasalxonasida boʻlgan.