From Wikipedia, the free encyclopedia
Michael Sheehan Bradley (talaffuzi: Maykl Shexan Bredli; 1987-yil 31-iyulda New Jersey shtatida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, yarim himoyachi va „Toronto“ futbol klubi sardori. 2010—2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Michael Sheehan Bradley | ||
Tavallud sanasi | 31-iyul 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Princeton, New Jersey, AQSh | ||
Boʻyi | 1.63 | ||
Ampluasi | markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Toronto FC | ||
Raqami | 4 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
– | Chicago Sockers | ||
2002CONCACAF2004 | IMG Academy | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2005 | MetroStars | 30 | (1) |
2006—2008 | Heerenveen | 63 | (16) |
2008—2011 | Borussia Mönchengladbach | 76 | (10) |
2011 | → Aston Villa (ljara) | 3 | (0) |
2011—2012 | Chievo | 35 | (1) |
2012—2014 | Roma | 41 | (2) |
2014— | Toronto FC | 241 | (15) |
Milliy terma jamoa | |||
2002—2004 | AQSh U17 | 6 | (0) |
2004 | AQSh U18 | 1 | (0) |
2004—2007 | AQSh U20 | 8 | (1) |
2008 | AQSh U23 | 4 | (0) |
2006—2019 | AQSh | 151 | (17) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-oktyabr 2022-yil uchun) |
Michael Bradley New Jersey shtatining Prinston shahrida tugʻilgan. Uning otasi Bob Bradley 1976—1980-yillarda Prinston universiteti futbol jamoasida oʻynagan va keyinchalik murabbiylik qilgan. U bolaligini Illinoysda otasi bilan oʻtkazgan. Uning otasi keyinchalik „Chicago Fire“ futbol jamoasini boshqargan. 2002-yilgacha Michael Bradley „Chicago Sockers“ oʻsmirlar futbol klubida oʻynagan.
16 yoshida Michael Bradley 2004-yilda MLS bilan shartnoma imzoladi. U „MetroStars“ tomonidan turnirning 36-oʻrindagi futbolchisi deya eʼtirof etilgan.Oʻsha paytda yangi jamoasida uning otasi murabbiylik qilgan. Birinchi mavsumda Michael Bradley jarohati tufayli birorta ham oʻyin oʻtkaza olmagan. Keyingi oʻyinda u 31 ta oʻyin oʻtkazdi, Michael Bradley soʻnggi turda „Chivas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻzining yagona golini urdi va jamoasiga pley-offga chiqishga imkon yaratib berdi.
2006-yil 26-mayda Michael Bradley AQSh terma jamoasi safida Venesuelaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.
2006-yil oxirida Michael Bradleyning otasi Bob terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Uning qoʻl ostida kichik Michael Bradley jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. 2007-yilda u CONCACAF oltin kubogi uchun milliy terma jamoa roʻyxatiga kiritilgan. Keyingi oyda u yoshlar terma jamoasi tarkibida yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi va u yerda urugvaylik tengdoshlariga qarshi oʻyinda, oʻyinga qoʻshib berilgan qoʻshimcha daqiqalarda gʻalaba toʻpini kiritgan[1].
2007-yil 17-oktyabrda Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Michael Bradley AQSH terma jamoasi safidagi ilk golini urdi. Milliy terma jamoadagi muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, Michael Bradley 2007-yilda yilning „Eng yaxshi yosh sportchisi“ deb topildi[2].
2010-yilda Michael Bradley Janubiy Afrikada oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga AQSh terma jamoasi safida borishi uchun roʻyxatga kiritilgan[3]. 18-iyun kuni guruh bosqichida Sloveniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urib, terma jamoaning durang oʻynashiga yordam berdi[4][5]. Michael Bradley Angliya, Jazoir va Gana jamoalariga qarshi bahslarda ham qatnashgan[6].
2014-yilda Michael Bradley terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[7][8]. Turnirda u Gana, Portugaliya, Germaniya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9][10].
2015-yilda Michael Bradley CONCACAF oltin kubogida ishtirok etdi[11][12]. Turnirda u Gaiti, Gonduras, Yamayka, Kuba va ikki marta Panama jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14]. Panamaliklar va yamaykaliklarga qarshi bahslarda Michael Bradley ikkita gol urdi[15][16].
2016-yilning yozida Michael Bradley AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi[17][18]. Turnirda u Kolumbiya, Kosta-Rika, Paragvay, Ekvador va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[19][20][21].
Milliy terma jamoa | Mavsum | Xalqaro kubok | Xalqaro turnir | Oltin kubog | Play-off bosqichi | Jami | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | ||
AQSh | 2006 | 1 | 0 | 0 | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 1 | 0 | 0 |
2007 | 2 | 1 | 0 | - | - | - | 5 | 0 | 0 | - | - | - | 7 | 1 | 0 | |
2008 | 5 | 0 | 0 | - | - | - | - | - | - | 6 | 2 | 0 | 11 | 2 | 0 | |
2009 | 2 | 0 | 0 | 4 | 1 | 0 | - | - | - | 5 | 1 | 0 | 11 | 2 | 0 | |
2010 | 5 | 0 | 0 | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 9 | 1 | 0 | |
2011 | 7 | 0 | 1 | - | - | - | 6 | 1 | 2 | - | - | - | 13 | 1 | 3 | |
2012 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 4 | 0 | 1 | 9 | 2 | 1 | |
2013 | 3 | 0 | 1 | - | - | - | - | - | - | 6 | 0 | 0 | 9 | 0 | 1 | |
2014 | 5 | 1 | 4 | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 9 | 1 | 5 | |
2015 | 9 | 1 | 2 | - | - | - | 7 | 2 | 4 | 2 | 0 | 0 | 18 | 3 | 6 | |
2016 | 4 | 0 | 2 | - | - | - | - | - | - | 2 | 0 | 1 | 6 | 0 | 3 | |
Jami | 48 | 5 | 10 | 4 | 1 | 0 | 18 | 3 | 6 | 25 | 3 | 2 | 113 | 13 | 19 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.