From Wikipedia, the free encyclopedia
Meksika boʻrisi[1] - Boʻrilarning Canis lupus[2] kenja tur populyatsiyaslaridan biri boʻlib Janubiy-sharqiy Arizona, Janubiy New Mexico va Meksikaning shimoliy hududlarida yashaydi. U bir paytlar gʻarbiy Texasda ham tarqalgan. Katta ehtimol bilan uning ajdodlari Shimoliy Amerikadagi birinchi kulrang boʻrilardan boʻlgan. U xalq orasida lobo nomi bilan ham tanilgan. AQSHning 1972-yildagi Endangered Species Act qonuniga asosan yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar roʻyxatiga kiritilgan.
Meksika boʻrisi | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Meksika boʻrisi | ||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||
| ||||||||||||
Canis lupus baileyi | ||||||||||||
Canis lupus baileyining tarqalishi | ||||||||||||
U Shimoliy Amerikadagi kulrang boʻrilarning eng kichigi boʻlib[3], turdoshi C. l. nubilusga oʻxshab ketadi. Ammo kichik jussasi, tor bosh chanogʻi va nisbatan toʻq yungi bilan ajralib turadi. Yungi sargʻish-kulrang, orqasi va dumi esa qora tusga ega.
Meksika boʻrisi dunyodagi qolgan boʻrilar kabi yirik tuyoqli hayvonlar bilan oziqlanadi. Rocky Mountain bugʻusi boʻri ozuqasining 76-80%ini tashkil qiladi. Shu jumladan u xachir kiyik, oq dumli kiyik, pekari kabi Shimoliy Amerikaga xos turlar va boshqa quyon va olmaxon kabi kichik sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. Chorva mollari oʻtlaydigan yerlarda ozuqasining 16%iga yaqinini chorva mollari tashkil etadi.[4] Meksika boʻrisi yashaydigan yerlarda boshqa etxoʻrlar ham yashaydi. Ular togʻ sherlari, qora ayiqlar, koyotlar, yovvoyi mushukalar, qizil va kulrang tulkilardir.[5]
Fish and Wildlife Servicesning aniqlashicha 2023-yil 28-fevral holatiga Janubi-gʻarbiy Amerikadagi erkinlikdagi meksika boʻrilarining soni 241taga yetgan. Ularning 136tasi New Mexicoda and 105tasi Arizonada. Boʻri bolalarining yillik yashab ketish darajasi 67%ni tashkil etdi. 109ta boʻriga (boʻrilarning 45%ida) ularni monitor qilish va boshqarish uchun boʻyinbogʻlar taqilgan. 2022 yili 2017-yildan beri eng kam oʻlim (12ta oʻlim) qayd etilgan yilga aylandi. Tutqunlikdagi jami Meksika boʻrilari soni 380tani tashkil etgan.[6] Meksikada esa 45ga yaqin ushbu turdagi boʻrilar mavjud.[7]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.