From Wikipedia, the free encyclopedia
Margaret Cushing Whitman (1956-yil 4-avgustda tugʻilgan) — AQShning Keniyadagi elchisi, amerikalik biznes boshqaruvchisi va Kaliforniya gubernatorligiga sobiq nomzod. U Procter & Gamble va General Motors boshqaruv kengashi aʼzosi. Whitman ilgari Hewlett Packard Enterprise prezidenti va bosh direktori boʻlgan. U, shuningdek, Quibi kompaniyasining 2018-yil avgust oyida tashkil etilganidan 2020-yil dekabrida yopilguniga qadar bosh direktori boʻlgan. Whitman 2008 va 2012-yillarda Mitt Romney prezidentlik kampaniyasining yuqori martabali aʼzosi boʻlgan va 2010-yilda Respublikachi sifatida Kaliforniya gubernatori lavozimiga nomzod boʻlgan, ammo 2016-yilgi umumiy saylovda Xillari Clintonni va 2020-yilgi umumiy saylovda Joe Bidenni qoʻllab-quvvatlagan.
Meg Whitman | |
---|---|
AQShning Keniyadagi elchisi | |
Mansab davri 2022-yil 5-avgust – hozirgi kungacha | |
Prezident | Joe Biden |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Margaret Cushing Whitman 1956-yil 4-avgust Xantington, Nyu-York, AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachi |
Turmush oʻrtogʻi | Griffith R. Harsh |
Taʼlim |
Prinston universiteti (AB) Harvard universiteti (MBA) |
Whitman 1980-yillar davomida strategik rejalashtirish boʻyicha vitse-prezident boʻlgan Walt Disney kompaniyasining ijrochi direktori edi. 1990-yillarda u DreamWorks, Procter & Gamble va Hasbro kompaniyalarida rahbarlik qilgan. Whitman 1998-yildan 2008-yilgacha eBay prezidenti va bosh direktori boʻlgan.
Wtitman eri Harsh bilan 2006-yil 21-dekabrda xayriya jamgʻarmasiga asos solgan va unga eBay-ning 9,4 million dollarlik 300 000 aktsiyasini hadya qilgan[1]. Faoliyatining birinchi yilining oxiriga kelib, Griffith R. Harsh IV va Margaret C Whitman xayriya fondi 46 million dollarga ega edi. Berilgan pulning katta qismi Atrof-muhitni muhofaza qilish jamgʻarmasiga oʻtkazildi[2].
2010-yilda Warren Baffet Whitmandan milliarderlar oʻz pullarining yarmini xayriya ishlariga oʻtkazish majburiyatini olgan „Giving Pledge“ga qoʻshilishni soʻradi va Whitmen rad javobini berdi[3]. 2011-yilda fond San-Xose hududidagi bir nechta charter maktablarini boshqaradigan Summit Public Schoolsga 2,5 million dollar xayriya qildi[4].
2020-yildan boshlab Meg Whitman Teach for America milliy kengashi raisi hisoblanadi[5].
Whitman Mitt Romney 2008-yilgi prezidentlik kampaniyasi tarafdori edi[6] va uning milliy moliya jamoasi aʼzosi edi[7]. U, shuningdek, Romni tadqiqot qoʻmitasining moliya hamraisi sifatida ham roʻyxatga olingan[8]. Romni poygadan chiqib, John Makkeynni maʼqullaganidan soʻng, Whitman Makkeynning prezidentlik kampaniyasiga milliy hamrais sifatida qoʻshildi[9]. Makkeyn Whitmanni 2008-yildagi ikkinchi prezidentlik debatlari chogʻida gʻaznachilik kotibi boʻlishi mumkinligini tilga oldi[10], biroq saylovda Barack Obamaga yutqazdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.