McDonald's
From Wikipedia, the free encyclopedia
McDonald’s (talaffuzi: MakDonalds) – Amerika korporatsiyasi boʻlib, bugungi kunda jahondagi eng yirik fastfood restoranlar tarmogʻi hisoblanadi[7]. 1940-yili Richard va Maurice McDonald tomonidan AQShning Kaliforniya shtati San Bernardino shahrida restoran oʻlaroq asos solingan. 1955-yilda ishbilarmon Ray Kroc ushbu shirkatga franshiza agenti sifatida qoʻshildi va keyinchalik aka-uka McDonaldlardan uni sotib oldi. McDonald’s shirkati shtab-kvartirasi Illinois shtatining Oak Brook shahrida boʻlgan, 2018-yilning iyunida esa shtab-kvartirasi Chikagoga koʻchirildi[8][9][10][11].
Turi | fast food restaurant chain[1], biznes, trademark va ommaviy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | Restoranlar, koʻchmas mulklar[2][3] |
Qachon asos solingan |
15-may, 1940-yil (84 yil avval) (1940-05-15) San Bernardino, California, AQSh |
Joylashuvi | location |
Hududiy xizmati | Umumjahon (119+ davlat) |
Asoschi(lari) |
Richard va Maurice McDonald Ray Kroc |
Rahbariyat |
|
Mahsulot(lar)i |
|
Aylanma daromadi | AQSh$21,076 milliard |
Operatsion foydasi | AQSh$9.070 milliard |
Boyligi | AQSh$32.811 milliard |
Sof foydasi | 6 177 400 000[5] |
Ishchilar soni | Tax. 210 000 (2018)[6] |
Vebsayti |
www.mcdonalds.com corporate.mcdonalds.com |
McDonald’s daromadiga koʻra jahondagi eng yirik restoranlar tarmogʻi boʻlib,[12] 2018-yilga koʻra, 100 dan oshiq mamlakat va hududlarda[13] 37 855 ta doʻkonlarga[14][15] egadir. Bu restoran tarmoqlari har kuni 69 milliondan oshiq mijozlarga xizmat koʻrsatishadi. McDonald’s hamburgerlari, chizburgerlari va kartoshka frilari ortidan tanilgan boʻlsa-da, mahsulotlari qatoriga gazli ichimliklar, sut va muzqaymoqli ichimliklar, vraplar va desertlar ham kiradi. Mijozlarning taʼbi oʻzgarishi va korporatsiya oziq-ovqatlarining nosogʻlomligiga salbiy reaksiyasiga[16] javoban kompaniya menyusiga salatlar, baliq, smuzilar va mevalarni qoʻshdi. McDonald’s korporatsiyasi franchayzilar tarafidan toʻlanadigan ijara va toʻlovlar, shuningdek, kompaniya boshqaradigan restoranlardagi savdodan foyda koʻradi. 2018-yilgi ikki hisobotga koʻra, McDonald’s 1.7 million ishchisi bilan jahondagi ikkinchi eng yirik ish beruvchi xususiy shirkatdir (birinchi oʻrinni 2.3 million ishchisi bilan Walmart egallab turibdi)[17][18]. 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, McDonald’s brend bahosiga koʻra, jahonda toʻqqizinchi oʻrinni band etib turibdi[19].