Mamluk sultonlari ro'yxati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Quyida Mamluk sultonlari roʻyxati keltirilgan.
Mamluklar sultonligiga 1250-yilda Ayyubiylar sultoni Solih Ayyubning mamluklari asos solgan. U Ayyubiylar davlatining oʻrnini egallagan. Shu bilan birga u Qohirada joylashgan boʻlib, oʻzining koʻp tarixi davomida sultonlik hududlari Misr, Suriya va Kichik Osiyoning bir qismi, Yuqori Mesopotamiya va Hijozni qamrab oladi. Sultonlik 1517-yilda Usmonli imperiyasining hokimyatga kelishi bilan tugagan.
Sulton an-Nosir Muhammad uch marta hukmronlik qilgan.
Sultonlar an-Nosir Hasan, Salohad-Din Hoji, Barquq va an-Nosir Faraj ikki marta hukmronlik qilgan boʻlsa-da, jami 47 ta sulton boʻlgan. Mamluklar davri, odatda, ikki davrga boʻlingan. Bular Bahri va Burji davrlari. Bahri sultonlari asosan turkiy boʻlgan , Burji sultonlari esa asosan etnik cherkeslar boʻlgan.
Mamluklarning dastlabki uch sultoni Aybak va uning oʻgʻli al-Mansur Ali va Qutuz, odatda, Bahriylar sulolasining bir qismi hisoblansa-da, ular Bahriy mamluklar polki tarkibiga kirmagan. Ular Bahriylarning siyosiy manfaatlariga qarshi chiqqanlar. [1]
Bahriylar safidan chiqqan 1-sulton Baybars edi. [1]
Burji mamluklari 1382-yilda Sulton Barquqning taxtga kelishi bilan taxtni egallab olishadi. 34-sulton al-Mustaʼin Billoh ham Mamluk Abbosiy xalifasi boʻlib, hokimiyat tepasiga Burji amirlari tomonidan siymo sifatida oʻrnatilgan. [2]