![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/eb/Sun-bear.jpg/640px-Sun-bear.jpg&w=640&q=50)
Malay ayigʻi
Ayiq turlaridan biri / From Wikipedia, the free encyclopedia
Malay ayigʻi (Helarctos malayanus; ayrim manbalarda inglizchadan kirib kelgan „quyosh ayigʻi“ nomi ham ishlatiladi) — Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik oʻrmonlarida uchraydigan Ursidae oilasiga mansub tur hisoblanadi. Bu boʻyi taxminan 70 santimetr (28 in) va ogʻirligi 25–65 kilogram (55–143 lb) boʻlgan eng kichik ayiq turidir. U katta panjalari, oʻroqsimon shaklda qayrilgan tirnoqlari, kichik yumaloq quloqlari va uzun boʻlmagan tumshugʻi bilan boshqa ayiqlardan ajralib turadi. Moʻynasi odatda qop-qora lekin kulrangdan qizil ranggacha farqlanishi mumkin. Koʻkrak qafasidagi toʻq sariq rangdan qaymoq ranggacha boʻlgan dogʻlari sababli malay ayiqlari ayrim tillarda „quyosh ayigʻi“ deb ham nomlanadi[⇨]. Uning noyob morfologiyasi — koʻkrak qafasining oʻzgachaligi, ichkariga qayrilgan va katta tirnoqli kuchli old oyoqlari — toqqa chiqishga moslashganligidan dalolat beradi.
Malay ayigʻi | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | ||||||||||||||||
Kengkrachan milliy bogʻidagi malay ayigʻi | ||||||||||||||||
![]() | ||||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Helarctos malayanus (Stamford Raffles, 1821) | ||||||||||||||||
![]() malay ayigʻining tarqalish hududi (2010)
Hozirda mavjud
Avval yashagan
Mavjudligi taxmin qilinadi | ||||||||||||||||
Helarctos malayanus (Stamford Raffles, 1821) H. euryspilus(Horsfild, 1825) Ursus malayanus(Heude, 1901)
|
Barcha ayiq turlari orasida eng koʻp vaqtini daraxtda oʻtkazuvchi (daraxtda yashovchi) malay ayigʻi ajoyib alpinist boʻlib, yerdan 2 dan 7 metrgacha (7 to 23 ft) balandlikdagi daraxtlarga chiqa oladi hamda quyosh botish vaqtidanoq uyquga ketadi. U asosan kun davomida faol boʻladi, lekin tungi hayot tarziga koʻra faolligi odamlar gavjum boʻladigan joylarda koʻproq uchraydi[⇨]. Malay ayiqlari odatda yolgʻiz yashaydilar lekin baʼzida juft holatda ham uchraydilar (masalan, ona va bolasi birgalikda). Bu tur ayiqlar boshqa ayiq turlari singari qishki uyquga ketmaydilar, chunki ular uchun oziq-ovqat resurslari butun yil davomida mavjud boʻladi. Malay ayiqlari hamma narsani isteʼmol qila oluvchi hayvonlar boʻlganligi sababli, chumolilar, asalarilar, qoʻngʻizlar, asal, termitlar va turli xil o'simlik mevalari va urugʻlari kabi mahsulotlarni oʻz ichiga olgan keng ovqatlanish ratsioniga ega; qushlar va kiyiklar singari umurtqali hayvonlar bilan ham oziqlanishi mumkin. Ular yil davomida koʻpayadi; ayiqlar ikki yoshdan toʻrt yoshgacha jinsiy yetuklikka erishadi. Urgʻochi ayiq bir yoki ikkita bola koʻrishi mumkin, ayiqchalar taxminan uch yil davomida onalari bilan qoladilar.
Malay ayigʻining yashash diapazoni shimolda Hindistonning shimoli-sharqiy qismi bilan chegaralangan hamda janubdan janubi-sharqqa tomon Bangladesh, Kambodja, Myanma, Laos, Tailand va Vyetnam orqali Bruney, Indoneziya va Malayziyaga qadar choʻzilgan. Bu ayiqlar oʻrmonlarning doimiy kesilishi, oziq-ovqat va yovvoyi hayvonlar savdosi uchun noqonuniy ov qilinishi sababli kamayib bormoqda, shuningdek, ular qishloq xoʻjaligi yerlariga, plantatsiyalarga va bogʻlarga ovqat qidirib kirganda odamlar tomonidan oʻldirilish holatlari kuzatilgan. Soʻnggi 30 yil ichida dunyodagi barcha shu tur ayiqlari soni 35 foizga kamaygan. IUCN ushbu turni himoyaga olingan jonzotlar roʻyxatiga kiritgan[1].
Sharipova Madina HSTP.22UL