Luiz Inácio Lula da Silva
From Wikipedia, the free encyclopedia
Luiz Inácio Lula da Silva (1945.27.10, Garanyuns sh.) — Braziliya davlat arbobi. Oʻrta maxsus texnika maktabini tugatgan (1964). Mehnat faoliyati San-Paulu shtatidagi metallurgiya zavodlarida boshlangan. SanBernardo do Kampo va Diadema sh.lari metallurglari kasaba uyushmasi direktorlar kengashi aʼzosi (1969— 72), birinchi kotibi (1972—75), kasaba uyushmasi prezidenti (1975—80), Braziliya ishchilar partiyasi asoschisi (1980), SanPaulu shtatining federal vakili (1986—2002). 2002 y. 14 dekabrdan Braziliya Federativ Respublikasi prezidenti.
Lula da Silva | |
---|---|
portugalcha: Luiz Inácio Lula da Silva | |
Lula da Silva. 2022-yil. | |
39-Braziliya Prezidenti | |
Mansab davri 1-yanvar 2023-yil | |
Oʻtmishdoshi | Jair Bolsonaro |
35-Braziliya Prezidenti | |
Mansab davri 1-yanvar 2003-yil – 1-yanvar 2011-yil | |
Vitse-prezident | José Alencar |
Oʻtmishdoshi | Fernando Henrique Cardoso |
Vorisi | Dilma Rousseff |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Kaetes (portugalcha: Caetés)[1][2], Pernambuku |
Siyosiy partiyasi | Ishchilar partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi |
1) Mariya di Lurdis 2) Mariza Letisiya Rokku Kaza |
Bolalari | 3 oʻgʻil, bir qiz (shuningdek ikkinchi xotinidan oʻgay oʻgʻli) |
Onasi | Euridisi Ferreyra di Melu |
Otasi | Aristidis Inasiu da Silva |
Lula da Silva prezidentlik saylovlarida olti marta ishtirok etgan. U 2003-yilda lavozimga kirishgan va 2006-yilda qayta saylangan. Lula uchinchi muddatga nomzodini qo‘ygani yo‘q — Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, bir kishi ketma-ket ikki muddatdan ortiq davlat rahbari bo‘la olmaydi. 2017-yilda sobiq prezident korrupsiyada ayblanib, 9,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq u keyinroq ozod etilgandi, 2021-yilda esa Braziliya Federal oliy sudi siyosatchiga qo‘yilgan barcha ayblovlarni bekor qildi[3].