From Wikipedia, the free encyclopedia
Lucas Tolentino Coelho de Lima (1997-yil 27-avgustda tugʻilgan), Lucas Paquetá nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi boʻlib, u Angliya Premyer-ligasining West Ham United klubi va Braziliya milliy futbol terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi va qanot hujumchisi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lucas Tolentino Coelho de Lima[1] | ||
Tavallud sanasi | 27-avgust 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Rio de Janeiro, Braziliya[2] | ||
Boʻyi | 1.80 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumkor yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | West Ham United | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2007–2016 | Flamengo | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016–2019 | Flamengo | 67 | (15) |
2019–2020 | AC Milan | 37 | (1) |
2020–2022 | Lyon | 67 | (18) |
2022– | West Ham United | 59 | (8) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2016–2017 | Braziliya U20 | 8 | (1) |
2018– | Braziliya | 8 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (19-may 2024-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-iyul 2024-yil uchun) |
Paquetá oʻz faoliyatini 2007-yilda Flamengo klubida boshlagan va u yerda u 2016-yilda Copa São Paulo de Júniores titulini qoʻlga kiritgan. 2016-yilda kattalar jamoasiga koʻtarilganidan soʻng, u 2019-yilda Italiya grandi AC Milan ga oʻtish uchun Yevropaga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki mavsum oʻynadi. Keyin u Fransiyaning Lyon klubiga oʻtdi va 2022-yilda Angliyaning „West Ham United“ klubi bilan shartnoma imzoladi va oʻzining debyut mavsumida UEFA Yevropa konferentsiya ligasini qoʻlga kiritdi.
Paquetá Braziliya milliy terma jamoasi sharafini 2019, 2021 va 2024 yillarda Copa América musobaqasida himoya qilgan, 2019-yilgi turnirda gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan va 2022 yilgi FIFA Jahon chempionatida ham jamoa tarkibida edi.
Lucas Paquetá „Flamengo“ga 2007-yilda 10 yoshida kelgan. 15 yoshida u texnik jihatdan juda mahoratli edi, lekin oʻz yoshidagi boshqa oʻyinchilarning jismoniy xususiyatlariga ega emas edi (boʻyi atigi 5 fut edi). 18 yoshida u 27 sm (10,6 dyum) oʻsdi. Flamengo yoshlar jamoasi bilan u Braziliyadagi eng muhim yoshlar turniri boʻlgan 2016-yilgi São Paulo de Júniores kubogini qoʻlga kiritdi. Boshqa ajoyib oʻyinchilar Léo Duarte, Felipe Vizeu va Ronaldo kabilar qatorida Lucas musobaqadan soʻng klubning professional jamoasiga koʻtarildi[4].
2016-yil mart oyida Paquetá Flamengoning professional jamoasiga koʻtarildi va shartnomasini 2020-yilgacha uzaytirdi[5]. 2016-yil 5-mart kuni Lucas 2016-yilgi Rio-de-Janeyro davlat ligasi oʻyinida Bangu ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda jamoasi tarkibida debyut qildi[6]. Paquetá oʻzining professional futboldagi birinchi golini 2017-yil 19-fevral kuni Volta Redondadagi Estádio Raulino de Oliveira stadionida Madureiraga qarshi 4:0 gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi.
Paquetá 2017-yilgi Braziliya kubogi finalida „Maracana“ stadionida Cruzeiro qarshi (1:1) oʻyinda va 2017-yilgi „Maracana“ stadionida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika kubogi finalida „Independiente“ga qarshi (1:1) oʻyinlarda gol kiritgan. Harikkala oʻyinda ham Flamengo magʻlubiyatga uchradi va ushbu musobaqalarda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Janubiy Amerika kubogi finalida Flamengo tarkibidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. U 2017-yil muxlislar tomonidan, Xuan bilan birga, „Flamengo“ning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
2018-yilgi Campeonato Carioca musobaqasida Lucas Paqueta turnirning eng yaxshi chap qanot hujumchi sifatida tanlandi va turnir jamoasida tanlangan yagona Flamengo oʻyinchisi boʻldi.
2018-yil 10-oktabr kuni Braziliya va Italiya axborot agentliklari Fransiyaning „Paris Saint-Germain“ klubini raqobatda yengib, AC Milan va Flamengo oʻrtasida futbolchi transferi uchun 35 million yevrolik shartnoma tuzilgani haqida xabar berishdi[7].
2019-yil 4-yanvar kuni transfer rasmiylashtirildi, Milan futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[8][9][10]. U jamoada 39-raqamli futbolkani tanladi. Onasining kelib chiqishi portugal boʻlgani tufayli u Yevropa futbolchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega edi[11].
Paquetá 2019-yil 12-yanvarda klub safida debyut qildi, 85-daqiqada uning oʻrniga maydonga Fabio Borini tushdi va Italiya kubogi doirasida AC Milan Sampdoria qarshi qoʻshimcha boʻlimlarda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[12][13]. Toʻrt kundan soʻng Paquetá Saudiya Arabistoni Jedda shahridagi Qirol Abdulloh stadionida oʻtkazilgan 2018-yilgi Italiya Supurkubogida maydonga tushdi, unda Juventus Milanni 1:0 hisobida magʻlub etdi[14]. 2019-yil 21-yanvar kuni Paquetá Luigi Ferraris stadionida Genoaga qarshi oʻyinda Serie Ada debyutini amalga oshirdi va oʻyin 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi[15]. Paquetá Milan tarkibidagi debyut golini Cagliari qarshi 3:0 hisobida gʻalab qozonilgan oʻyinda kiritdi va jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. U oʻz golini avvalgi klubi Flamengodagi yongʻin qurbonlari, 15-yoshgacha boʻlgan jamoaning barcha aʼzolariga bagʻishladi[16].
2020-yil 30-sentabr kuni Fransiyaning Lyon klubi Paqueta bilan 20 million yevro evaziga besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[17].
2021-22 yilgi mavsumda yarim himoyachi Ligue 1ning eng yaxshi xorijlik oʻyinchisi sifatida tanlandi. Soʻrovnoma ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazildi va uni 20 mingdan ortiq kishi qoʻllab-quvvatladi. 25 yoshli Paquetá PSG himoyachisi Marquinhos, „Lens“ning ivuarlik yarim himoyachisi Seko Fofana va „Lille“ning kanadalik yetakchisi Jonathan David bilan raqobatlashdi[18].
2022-yil 29-avgustda West Ham United klubi rekord summa evaziga Paquetá bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[19]. U 2019-yil Sebastien Haller uchun toʻlangan transfer summasidan oshib, BBC maʼlumotiga koʻra, bonuslar bilan birgalikda, 50 million funt sterlingdan ortiq summa evaziga klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi[20]. U 31-avgust kuni Tottenham Hotspur qarshi 1:1 hisobida durrang bilan yakunlangan oʻyinda West Ham va Angliya Premyer-ligasida debyutini oʻtkazdi[21]. 2023-yil 4-yanvar kuni Paquetá Ellend Road stadionida Leeds United qarshi 1:1 hisobdagi yakunlangan oʻyinda Angliya Premyer-ligasi va West Ham tarkibida oʻzining birinchi golini urdi[22]. 2023-yil 7-iyun kuni Paquetá 2023-yilgi UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi finalida Pragada Fiorentinaga qarshi oʻyinda Jarrod Bowenning 90-daqiqada urilgan gʻalaba goliga asistentlik qildi va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[23]. Bir kundan soʻng, Paquetá UEFA tomonidan ushbu turnirning ramziy terma jamoasiga kiritildi[24].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.