From Wikipedia, the free encyclopedia
Leyden — Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Janubiy Gollandiya provinsiyasida. Reyn daryosi deltasidagi port. Aholisi 117,4 ming kishi (2001). Leyden yirik madaniy va ilmiy markaz. Jun tayyorlashning qadimiy markazi. Mashinasozlik, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1575), universitet kutubxonasi, tarix muzeyi, etnografiya muzeyi, mashhur rassom Rembrandt uy-muzeyi va boshqalar bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 9-asrda qayd etilgan. 12—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.