Latviya madhiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
«Dievs, svētī Latviju!» (oʻzb. «Tangrim, Latviyani qoʻlla!») — Latviya Respublikasining davlat madhiyasi hisoblanadi.
Qisqa faktlar oʻzbekcha: «Tangrim, Latviyani qoʻlla!», Soʻz muallif(lar)i ...
oʻzbekcha: «Tangrim, Latviyani qoʻlla!» | |
---|---|
Latviya davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Karlis Baumanis |
Bastakor | Karlis Baumanis, 1873-yil |
Qabul qilindi | 1920-yil, 7-iyun |
Yopish
Madhiya soʻzlari va musiqasi Latviyaning eng mashhur shoir va bastakorlaridan biri — Karlis Baumanis tomonidan 1873-yilda yaratilgan. Ushbu madhiya ilk bor 1873-yilning yozida Rigada boʻlib oʻtayotgan birinchi umumxalq qoʻshiqlar bayramida yangragan. 1920-yilning 7-iyun kuni ushbu madhiya Latviya Respublikasi davlat madhiyasi deb rasman eʼlon qilindi.
Latviyani Sovet Ittifoqi bosib olganidan keyin 1940-1990-yillarda Latviya hududida «Latviya SSR madhiyasi» ishlatib kelingan. Latviya mustaqillikga erishganidan soʻng yana ushbu madhiya qoʻllanila boshlandi va rasman davlat madhiyasi deb eʼlon qilindi.