Koreyaning Yaponiyaga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi shartnoma
From Wikipedia, the free encyclopedia
Koreyaning Yaponiyaga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi shartnoma (yaponcha: 日韓併合条約, Nikkan heigo jo:yaku, koreyscha: 한일병합조약, Hanil byeonghap choyak) 1910-yil 22-avgustda koreys va yapon imperatorlari vakillari tomonidan imzolangan va 29-avgust sanasida eʼlon qilingan. Shu paytdan boshlab Koreya Yaponiya nazoratiga oʻtgan. Shartnoma sakkiz banddan iborat boʻlib, „Koreya imperatori oliy hazratlari Koreyani boshqarish boʻyicha barcha suveren huquqlarini toʻliq va cheksiz muddatga Yaponiya imperatoriga topshiradi“ degan soʻzlar bilan boshlangan. Koreya tomonidan shartnomani Bosh vazir Li Vang Yong, Yaponiya tomonidan esa rezident-general Terauchi Masatake imzolagan.
Shartnoma aslida 1945-yilda Ikkinchi jahon urushida Yaponiya taslim boʻlganidan keyin oʻz kuchini yoʻqotgan va 1965-yilda Yaponiya-Janubiy Koreya kelishuvi bilan rasman bekor qilingan.