Kolgotka
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kolgotka (chex. , chex tilida „shim“ degan maʼnoni anglatadi) — ichki kiyimning bir turi, trusik bilan birlashtirilgan uzun paypoqlar. U turli xil elastik materiallar, ipak, neylon, spandex (laykra, elastan) va ularning birikmasidan tayyorlanadi. Turli xil rang va qalinlikda uchraydi. Eng ommalashgan kolgotkalar tana rangida (kundalik foydalanish uchun) va qora (koʻpincha dress-kodning bir qismi sifatida) boʻladi. Trikotaj kolgotkalar ham ishlab chiqariladi (asosan bolalar uchun), maxsus tutib turuvchi (masalan, homilador ayollar uchun), modellashtiruvchi kolgotkalar va varikozdan terapevtik-profilaktik kolgotkalar (varikozda trikotaj siqish darajasiga qarab tanlanishi kerak, u millimetr simob ustuni, yaʼni bosimda oʻlchanadi). Ipning qalinligi va elastikligi denye (den) bilan oʻlchanadi: den qiymati qanchalik katta boʻlsa, material shunchalik qalin boʻladi. Denye soni 9 km uzunlikdagi ipning grammdagi ogʻirligini bildiradi (40 den 9 km kolgotka ipining ogʻirligi 40 g boʻlishini anglatadi). Bundan tashqari, baʼzida kolgotka qalinliigi DTEX birliklarida oʻlchanadi ("detsitex "). Issiqlikni saqlovchi kolgotkalar — termokolgotkalar ham uchraydi.