Koʻkaldosh madrasasi (Buxoro)
Buxorodagi madrasa / From Wikipedia, the free encyclopedia
Madrasa | |
Koʻkaldosh madrasasi Koʻkaltosh madrasasi | |
Koʻkaldosh madrasasining bosh fasadi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | J. Ikromiy MFY Mehtar Ambar koʻchasi (Labihovuz ansambli) |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Qulbobo koʻkaldosh |
Homiylar | Qulbobo koʻkaldosh |
Binokorlik | 1568—1569-yillar |
Asosiy sana: | |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | S. Ayniy va J. Ikromiy muzeyi |
Sayt | Rasmiy sayt |
Koʻkaldosh madrasasi (Buxoro) Vikiomborda |
Koʻkaldosh madrasasi (Koʻkaltosh madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Buxoro shahrining tarixiy markazida, Labihovuz ansamblining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti.
Buxoro xonligining poytaxtida 1568/69-yilda Qulbobo koʻkaldosh tomonidan bunyod etilgan madrasa, shu davrdan boshlab, hozirgi kungacha Markaziy Osiyoning eng yirik madrasasi maqomini oʻzida saqlab turibdi.
Buxoro xonligi, Buxoro amirligi va Buxoro xalq sovet respublikasining[2] oʻziga xos Fanlar akademiyasi (Dor ul-fununi) boʻlgan[3].
Hozirda Buxoroda eng ogʻir ahvolda qolib ketgan madaniy meros obyektlaridan biri boʻlib, unda ayollar goʻzallik saloni, video-montaj ustaxonasi, ofislar, doʻkonlar, hunarmandchilik ustaxonasi va hujra-muzeyi joylashgan. Aksariyat hujralari taʼmirtalab ahvolda qolib ketgan.