Khas Kunar tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xas Kunar yoki Sarkani(sarkano) tumani (pushtucha: خاص کونړ ولسوالۍ ṭwnē wlswạlۍ , forscha: ولسوالی خاص کنر) Afgʻonistonning Kunar viloyatidagi eng yirik tumani. U viloyatning janubiy qismida joylashgan va janubda Nangarhor viloyati va sharqda Pokiston bilan chegaradosh hisoblanadi. Tuman hududidan shimoldan Kunar daryosi oʻtadi va atrofdagi yerlarni sugʻoradi. 2006-yilda aholi soni 31 000 kishini tashkil qilgan. Tuman markazi — Xas Kunar qishlogʻi34.6458°N 70.9008°E / 34.6458; 70.9008 749 m balandlikda joylashgan. Uylarning aksariyati urushlar paytida vayron boʻlgan va qurgʻoqchilik Kunar daryosi atrofidagi yerlarga ham jiddiy taʼsir koʻrsatgan. Bu tumandagi eng nufuzli shaxs Pushtun millatchisi boʻlgan Kabir Stori edi.