Kaspaza
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kaspazalar - bu sistein proteazalar oilasiga mansub fermentlar. Kaspazalar apoptoz, nekroz va yalligʻlanish jarayonlarida katta ahamiyatga ega.
Kaspazalar ikki turga boʻlinadi: effektor va initsiator kaspazalar. Har bir kaspazalar boshida passiv holatda sintezlanadi. Initsiator kaspazalar passiv kaspazalarning bir qismini kesib ularni aktiv holatga oʻtkizadi. Initsiator kaspazalarning aktivlashtirish esa maxsus apoptosoma deb nomlanadigan kichik organella ishtirokida boʻlib oʻtadi.