Karmana
From Wikipedia, the free encyclopedia
Karmana — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi shaharcha (1979-yildan shahar maqomida boʻlgan, 2003-yildan shaharcha maqomida[1]), tuman markazi. Viloyat markazidan 3 km va yaqin temir yoʻl stansiyasi (Navoiy) dan 8 km masofada. Mahalliy tilda baʼzan „Eski shahar“ deb yuritiladi.
Karmana | |
---|---|
shaharcha | |
40°8′24″N 65°21′36″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Navoiy viloyati |
tuman | Karmana tumani |
Hukumat | |
Ilk eslatilishi | 712-yil |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Aholisi | 20 816 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, tatarlar, koreyslar, ruslar, yahudiylar, loʻlilar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 79 532; |
Pochta indeks(lar)i | 210603, 210604, 210612 |
Avtomobil kodi | 85-89 |
Vikiomborda Karmana haqida turkum mavjud |
1926-yil 29-sentabrdan 1958-yilgacha Karmana tumani, 1958-yildan 2003-yilgacha Navoiy tumani, 2003-yil 27-dekabrdan Karmana tumani markazi.
1968-yil 21-noyabrdan Buxoro viloyati tarkibidagi shahar posyolkasi. 1982-yilgacha Buxoro viloyati, 1983—1989-yillar yangi tashkil qilingan Navoiy viloyati, 1989—1992-yillar yana Buxoro viloyati (bu yillar oraligʻida Navoiy viloyati tugatilgan), 1992-yildan qayta tashkil qilingan Navoiy viloyati tarkibida, 1999-yilda tuman maqomida Navoiy shahri tarkibiga qoʻshib yuborilgan[2]. 2003-yil dekаbrda Navoiy shahri tarkibidan chiqarilib, Karmana tumani markazi etib belgilangan[1]. Aholisi — 20 816 kishi (2004).
Karmana shaharchasida Karmana tuman hokimiyati binosi, pilla qurti urugʻi zavodi („Gren zavod“), tuman korxona va tashkilotlari, avtovokzal, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. 4 umumiy taʼlim, maktab-internat, sanʼat maktablari, 2 kasb-hunar kolleji, Karmana tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat saroyi, „Yoshlik“ madaniyat va istirohat bogi, sport majmuasi, „Karmana ovozi“ gazetasi tahririyati, dehqon bozori, markaziy poliklinika mavjud. Navoiy viloyat tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi va Navoiy viloyatining markaziy „Motamsaro ona“ haykali aynan Karmana shaharchasida joylashgan.
Avval Karmana shaharchasi markazida Alisher Navoiyga haykal oʻrnatilgan, keyinchalik olib tashlangan (2000-yillar), oldin haykal boʻlgan joyga 2019-yil flagshtok oʻrnatilgan, unga Oʻzbekiston bayrogʻi ilingan.
Karmana temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan.
Buxoro amirligi davrida Karmana bekligining markazi boʻlgan. Shaharda Qosim Shayx va Mir Said Bahrom tarixiy meʼmoriy obidalari va Buxoro amirligi hukmdori Abdulahadxonning yozgi saroyi qoldiqlari saqlanib qolgan.