Jordan Pierre Ayew (1991-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — ganalik professional futbolchi, Premier League Crystal Palace jamoasi va Gana milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Jordan Ayew
Thumb
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jordan Pierre Ayew[1]
Tavallud sanasi 11-sentyabr 1991-yil (1991-09-11) (33 yosh)[2]
Tavallud joyi Marseille, Fransiya
Boʻyi 1.82 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Crystal Palace
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2006 Lyon Duchère
2006-2009 Marseille
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009-2014 Marseille 111 (14)
2014Sochaux (ijara) 17 (5)
2014-2015 Lorient 31 (12)
2015-2017 Aston Villa 51 (9)
2017-2019 Swansea City 50 (8)
2018-2019Crystal Palace (ijara) 20 (1)
2019- Crystal Palace 107 (13)
Milliy terma jamoa
2010 Gana U20 1 (1)
2010- Gana 81 (19)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-iyun uchun)
Yopish

Klublardagi faoliyati

Marseille

Thumb
Ayew 2013-yilda Olympique de Marseille jamoasi tarkibida

Ayew 2006-yilda Marseillega tajriba orttiruvchi sifatida qoʻshiladi va 2009-yilda Marseille bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Jordan Ayew 2009-yilning 16-dekabrida Lorient jamoasiga qarshi liga o‘yinida Marseille safidagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi va bu oʻyinda oʻzining birinchi golini uradi. Ayew ikkinchi golini 2011-yil 27-aprel kuni Velodrom stadionida Nicega qarshi kechgan oʻyinda uradi va bu o‘yinda uning akasi Andre Ayew xet-trik qayd etadi. 2011-yilning 1-noyabrida Jordan va Andre birinchi marta UEFA Chempionlar ligasi oʻyinini Premer-liga giganti "Arsenal"ga qarshi oʻyin bilan boshlashadi.

2014-yilning 6-yanvarida u 2013-2014-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida 1 Liganing „Sochaux“ jamoasiga qo‘shiladi[4].

Lorient

2014-yilning 28-iyulida Ayew Lorient jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[5]. Ayew Lorient jamoasiga oʻtishining sababi taklif qilingan oʻyin uslubi va sifati unga yoqqanligi edi.

Aston Villa

2015-yilning 27-iyulida Ayew "Aston Villa" jamoasiga besh yillik shartnoma asosida, nomaʼlum to‘lov evaziga qo‘shiladi[6][7]. U klubdagi ilk golini 2015-yilning 24-oktyabr kuni „Swansea City“ga qarshi kechgan oʻyinning 62-daqiqada kiritgan[8]. Aston Villa 2015-2016-yilgi mavsum oxirida atigi 17 ochko jamgʻarib, quyi ligaga tushib ketdi. Mavsum davomida Ayew atigi 7 ta gol urgan boʻlsa-da, mavsumni eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunladi.

Swansea City

2017-yilning 31-yanvarida Jordan Ayew 2019-2020-yilgi mavsum oxirigacha „Swansea City“ jamoasiga qo‘shiladi[9]. Jordanning katta akasi 2015-2016 yilgi mavsumda „Swansea City“ o‘yinchisi bo‘lgan va keyinchalik 2018-yilning qishki transfer oynasida yana ushbu jamoaga qaytgan[10].

Crystal Palace

2018-yilning transferlari vaqtida Ayew 2018-2019 yilgi mavsum uchun „Crystal Palace“ jamoasiga ijaraga beriladi[11].

2019-20 yilgi mavsum

2019-yilning 25-iyulida Ayew „Swansea City“dan 2,5 million funt sterling evaziga transfer qilinib, Crystal Palace bilan uch yillik yangi shartnoma imzolaydi[12]. Ayew o‘zining mavsumdagi ilk golini 2019-yilning 24-avgustida Old Traffordda „Manchester United“ga qarshi o‘yinda kiritadi va „Crystal Palace“ 2:1 hisobidagi tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritadi[13].

Ayew 2019-yilgi Boxing Dayda West Ham ga qarshi kechgan oʻyinning qoʻshib berilgan daqiqalarida gol kiritib, jamoasiga 2:1 hisobidagi gʻalabani keltiradi[14]. Bu Ayewning Premier-ligadagi 21-goli edi[15]. Mavsum oxirida u 9 ta gol bilan „Crystal Palace“ning eng yaxshi toʻpurariga aylanadi va „Crystal Palace“ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi va mavsumning eng yaxshi goli sovrinlarini qoʻlga kiritadi[16][17].

2022-yilning iyun oyida Ayew Crystal Palace bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytiradi[18].

Xalqaro faoliyati

Ayew Gana terma jamoasi tarkibida birinchi marta 2010-yil 5-sentyabrda Lobamba shahridagi Somhlolo milliy stadionida Swazilandga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi[19][20]. 2012-yil 1-iyunda Ayew oʻzining birinchi va ikkinchi xalqaro gollarini 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Gananing Kumasi shahridagi Kumasi sport stadionida Lesothoga qarshi oʻyinda uradi[21]. 2011-yil dekabr oyida Ayew Gana milliy terma jamoasining 2012-yilgi Afrika Millatlar kubogi doirasidagi oʻyinlari uchun vaqtinchalik 25 kishilik tarkibiga kiritiladi[22].

2014-yil iyun oyida u 2014 yilgi Jahon chempionati uchun Gana terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 2014-yil 9-iyun kuni Braziliyada bo‘lib o‘tgan 2014-yilgi Jahon chempionati oldidan Gana terma jamoasining so‘nggi tayyorgarlik o‘yinida jarohat olgan Majeed Warisning o‘rniga Ayew birinchi bo‘limda maydonga tushadi va xet-trik qayd etadi[23][24].

Jordan Ayew 2015-yilda Ekvatorial Gvineyada bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogida Gana terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

U 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Gana terma jamoasi tarkibiga kiritilib, musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etgan[25][26].

Shaxsiy hayoti

Ayew Maha Ayew va Abedi Pelening oʻgʻli. Uning ona tomondan bobosi Alhaji A.A. Khadir[27] livanlik boʻlgan[28]. Uning otasi, amakilari Kwame va Sola, akalari Andre va Ibrahimlar hammasi professional futbolchilardir. Shuningdek, opasi Imani ham professional futbolchi. Ayew amaldagi musulmon[29] boʻlib, Denise Acquahga uylangan va ularning ikki farzandi bor[30].

Faoliyati statistikasi

Klub

Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Marseille 2009-10 Ligue 1 4 1 0 0 0 0 4 1
2010-11 22 2 4 0 3 0 29 2
2011-12 34 3 5 4 6 0 45 7
2012-13 35 7 3 0 9 3 47 10
2013-14 16 1 1 0 5 1 22 2
Jami 111 14 13 4 23 4 147 22
Sochaux (ijara) 2013-14 Ligue 1 17 5 1 0 18 5
Lorient 2014-15 Ligue 1 31 12 2 1 33 13
Aston Villa 2015-16 Premier League 30 7 6 0 36 7
2016-17 Championship 21 2 1 1 22 3
Jami 51 9 7 1 58 10
Swansea City 2016-17 Premier League 14 1 0 0 14 1
2017-18 36 7 8 4 44 11
Jami 50 8 8 4 58 12
Crystal Palace (ijara) 2018-19 Premier League 20 1 5 1 25 2
Crystal Palace 2019-20 Premier League 37 9 2 0 39 9
2020-21 33 1 2 0 35 1
2021-22 31 3 3 0 34 3
2022-23 6 0 1 0 7 0
Jami 127 14 13 1 140 15
Faoliyatida jami 387 62 44 11 23 4 454 77
Yopish

Xalqaro

Batafsil maʼlumot Milliy terma jamoa, Yil ...
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Gana 2010 2 0
2011 1 0
2012 7 2
2013 0 0
2014 11 3
2015 14 5
2016 7 1
2017 8 1
2018 1 2
2019 10 3
2020 4 0
2021 8 1
2022 8 1
Jami 81 19
Yopish

Yutuqlari

Thumb
Ayew Marseille jamoasi bilan 2011-yilgi Chempionlar kubogidagi gʻalabasini nishonlamoqda

Marseille

  • Liga 1 : 2009-10
  • Kupe de la Liga : 2009-10, 2010-11, 2011-12
  • Chempionlar kubogi : 2010, 2011

Individual

  • „Crystal Palace“ning eng yaxshi futbolchisi : 2019-20[31]
  • Gananing eng yaxshi futbolchisi : 2020[32]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.