Qirgʻizistonlik siyosatchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Joʻmart Kaipovich Otorbayev (Djoomart Kaipovich Otorbaev; 18-avgust 1955, Bishkek) – Qirgʻiziston bosh vaziri (2014-2015)[1][2].
Joʻmart Kaipovich Otorbayev | |
---|---|
Джоомарт Каипович Оторбаев | |
Qirgʻiziston Bosh vaziri | |
Mansab davri 2014-yil 26-martdan – 2015-yil 24-aprelgacha | |
Prezident | Almazbek Atambayev |
Oʻtmishdoshi | Jantoro Satibaldiyev |
Vorisi | Temir Sariyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-avgust 1955-yil Bishkek |
1955-yil 18-avgustda Frunze shahrida tugʻilgan[3].
1978-yilda Leningrad davlat universitetini fizik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[4].
1981-yildan Qirgʻiziston milliy fanlar akademiyasida ishlagan.
1985-yildan 1996-yilgacha – Qirgʻiziston davlat universiteti oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, professori[5].
1996-2005 – Qirgʻiz-rus slavyan universiteti professori[6].
1999-yildan 2002-yilgacha – „Philips Electronics“ korporatsiyasi Markaziy Osiyo boʻlimi bosh ijrochi direktori, vitse-prezidenti[7].
2001-2004-yillarda —Qirgʻiziston prezidentining investitsiyalar jalb qilish boʻyicha maxsus vakili[8].
2001-2005-yillarda – Qirgʻiziston prezidentining Afgʻoniston uchun iqtisodiy yordam boʻyicha maxsus vakili.
2002-2005 yillarda — Qirgʻiziston bosh vazirining iqtisodiyot va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.
2006-2011-yillarda – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki katta maslahatchisi.
2011-2012-yillarda – Qirgʻiziston bosh vazirining iqtisodiyot va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.
2012-2014 – Qirgʻiziston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari.
2014-2015 – Qirgʻiziston bosh vaziri.
2015-yil 23-aprelda isteʼfoga chiqarildi.
Otorbayev Qirgʻiziston milliy universiteti vasiylik kengashi aʼzosi. Project Syndicate, China Daily, Valdai Discussion Club va boshqa tadbirlar uchun material yozadi. Uning „Economic revival of Central Asia and new big game“ (Yangi buyuk oʻyin soyasida Markaziy Osiyoning iqtisodiy tiklanishi) nomli kitobi 2023-yilda Buyuk Britaniyaning Routledge nashriyotida chop etilgan. Kitob (416 bet va 99 ta rasm) Oʻrta Osiyoning dengizga chiqish yoʻli boʻlmagan geografiyasiga koʻra rivojlanishini yoritib beradi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.