Joël Matip
From Wikipedia, the free encyclopedia
Job Joël André Matip (1991-yil 8-avgustda tugʻilgan) – professional futbolchi, oxirgi marta Angliya Premyer-ligasining Liverpool klubi himoyachisi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Job Joël André Matip[1] | ||
Tavallud sanasi | 8-avgust 1991-yil (1991-08-08) (32 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Boxum, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.95 m[3] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Raqami | 32 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1995–1997 | SC Weitmar 45 | ||
1997–2000 | VfL Bochum | ||
2000–2009 | Schalke 04 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009–2011 | Schalke 04 II | (1) | |
2009–2016 | Schalke 04 | (17) | |
2016–2024 | Liverpool | (9) | |
Milliy terma jamoa | |||
2010–2015 | Kamerun | (1) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Matip professional faoliyatini 2009-yilda Schalke 04 klubida boshlagan va 2011-yilda DFB-Pokal kubogini qoʻlga kiritgan. U 2016-yilda Liverpool klubiga erkin agent sifatida oʻtishidan oldin jami 258 ta oʻyin oʻtkazib, 23 ta gol urgan. Keyinchalik Liverpool bilan 2019-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finalida gʻalaba qozongan. Shuningdek, u 2019-yilgi UEFA Superkubogi va 2019—2020-yilgi Angliya Premyer-ligasida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Germaniyada tugʻilib oʻsgan Matip Kamerun terma jamoasi sharafini xalqaro miqyosda himoya qilgan. U 2010-yilgi Afrika Millatlar Kubogi va bundan tashqari 2010—2014-yillarda oʻtkazilgan FIFA Jahon chempionatlarida oʻynagan, 2015-yilda esa xalqaro faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.