Jinsiy istak
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jinsiy istak — bu koʻpayishga qaratilgan biologik instinktlarga asoslangan istaklar va ular bilan bogʻliq tajribalar majmuasi. Bu jinsiy yaqinlik istagini oʻz ichiga oladi, uning talabi va yoʻnalishi genetik xromosomalar toʻplami, miyaning diensefalik qismi, ichki sekretsiya bezlarining rivojlanishi va individual psixo-ijtimoiy tajriba taʼsirida shartli refleks komplekslarining shakllanishi bilan belgilanadi.