![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/05/Fran_Halsall_medal.jpg/640px-Fran_Halsall_medal.jpg&w=640&q=50)
Jean Halsall
From Wikipedia, the free encyclopedia
Francesca Jean Halsall (Francheska Jan Xalsall) (1990-yil 12-aprelda tugʻilgan) — nafaqadagi ingliz suzuvchisi, Olimpiya oʻyinlari, FINA jahon chempionatlari, Yevropa chempionatlarida va Hamdoʻstlik oʻyinlarida Angliya sharafini himoya qilgan. U asosan erkin va batterfly suzish musobaqalarida qatnashgan. Halsall 2006-yilda Melburnda boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida suzish boʻyicha Angliya terma jamoasining eng yosh aʼzosi sifatida qatnashib, 4×100 metrga erkin va 4×100 metrga aralash suzish estafetalarida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. U 2006-yil avgust oyida boʻlib oʻtgan musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2008-yil avgust oyida Eyndxovenda boʻlib oʻtgan musobaqada 4×100 metrli suv sporti boʻyicha Yevropa chempionatining jamoa estafetasida qatnashgan. Jean Halsall 2010-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida beshta medal- 2 ta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritdi va 4x100 metrga aralash estafeta suzish boʻyicha oʻz nomini ikkinchi marta muvaffaqiyatli himoya qildi. Musobaqada Halsall bitta oʻyinda beshta medalni qoʻlga kiritgan britaniyalik suzuvchiga aylandi. 2010-yilda Hindistonning Nyu-Dehli shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Halsall 50 metrga batterflyay usulida suzish boʻyicha 26,19 soniya bilan milliy rekord oʻrnatib, avstraliyaliklarni magʻlub etdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. 100 metrga erkin usulda suzishda Halsall osonlikcha gʻalaba qozonishi kutilgan edi, ammo sogʻligi yomonlashib qoladi..Oradan 20 daqiqa oʻtib, deyarli oʻrnidan turolmasa ham, u 100 metrga batterflyay usulida suzish uchun yarim finalga qaytadi, ammo finalga chiqa olmaydi va bronza medali bilan taqdirlanadi. Keyinchalik oʻyinlarda Halsall ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish va 4x100 metrga erkin va 4x100 metrga aralash suzish estafeta jamoalari tarkibida qatnashib, 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Francesca Halsall | |||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||||||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||||
Jinsi | Ayol | ||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | Andoza:GBR2 | ||||||||||||||||||||||||
Tavallud sanasi |
12-aprel 1990-yil (1990-04-12) (34 yosh) Southport, England | ||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 1.71 m | ||||||||||||||||||||||||
Vazni | 59kg | ||||||||||||||||||||||||
Sport | |||||||||||||||||||||||||
Qaysi sport | Suzuvchi | ||||||||||||||||||||||||
Medallar | |||||||||||||||||||||||||
|- |
|