![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e1/Jalalabad_7.jpg/640px-Jalalabad_7.jpg&w=640&q=50)
Jalolobod (shahar)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jalolobod (qirgʻizcha: Жалалабат; dʒɑlɑlɑbɑt) — Qirgʻiziston Respublikasidagi shahar, Jalolobod viloyatining maʼmuriy markazi. Fargʻona vodiysida, oʻrtacha 764 m balandlikda, Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻlida joylashgan. Bishkek shahridan 550 km janubida. Aholisi 113 900 kishi „Jalolobod“ kurorti korpuslaridan biri. (2000). 1877 va 1927 yillarda shahar maqomini olgan.
Jalolobod qirgʻizcha: Жалалабат | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
40°56′0″N 73°00′0″E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Viloyat | Jalolobod viloyati |
Hukumat | |
• Mer | Ernisbek Ormokov |
Qachondan beri shahar | 1877 |
Maydon | 246 km2 (95 kv mi) |
Balandlik | 763 m |
Aholisi (2009) |
113 900[1] |
Milliy tarkib |
oʻzbeklar — 60% qirgʻizlar — 24,7 % uygʻurlar — 8,6 % tatarlar — 1,2 % ruslar — 0,6 %[1] |
Konfessiyaviy tarkib | Islom, Xristianlik |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +996 3722 |
Avtomobil kodi | 04, D |
Respublikaning sanoat va madaniyat markazlaridan. Metallsozlik, yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik, elektronika sanoatlari, qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish rivojlangan. Yirik korxonalari: „Hyp“, „Oq paxta“, „Momojemish“, „Temirtosh“, „Mingbuloq“, „Ayubbuloq“, „Jalolobodtattuusu“, „Qurilish materiallari“ ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar. Ularda tikuvchilik buyumlari, ip-gazlama, poyabzal, mebel ishlab chiqariladi. Metallsozlik korxonalarida nasoslar, elektr isitish priborlari, qishloq xoʻjaligi qurollari, elektronika sanoati mahsulotlari, „Hyp“ korxonasida avtomobillar chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (un tortish, sut-goʻsht, sabzavot va meva konservalash, mineral suv qadoqlash), neftni qayta ishlash zavodi (quvvati yiliga 500 ming t) mavjud. Temir yoʻl orqali Bishkek, Oʻsh, Qorasuv, Koʻkyongʻoq shaharlari; Oʻzbekiston va Tojikistonning sanoat markazlari bilan bogʻlangan. Aeroport bor. Jaolobodda oliy oʻquv yurtlari, musiqa va badiiy maktablar, muzey, teatr, filarmoniya, kutubxonalar mavjud. Shaharda qirgʻiz, oʻzbek va rus tillarida 10 ta gazeta nashr qilinadi. Shahar yaqinida balneologik kurort joylashgan.[2]