![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/51/Shahada_flag.svg/languz-640px-Shahada_flag.svg.png&w=640&q=50)
Islom bayrogʻi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Islom bayrogʻi – Islom xalifaligi, diniy tartib, davlat, fuqarolik jamiyati, harbiy kuch yoki Islom bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tashkilotlarni ifodalovchi bayroq. Islom bayroqlari oʻziga xos tarixga ega boʻlib, turli ranglar, yozuvlar yoki belgilar (oy, yulduz kabi) bilan tasvirlanadi. Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammad davridan boshlab, maʼlum bir bayroqlar anʼanaviy ravishda Islom dini bilan bogʻlangan. Shundan keyin xalifaliklar, zamonaviy davlatlar, konfessiyalar va diniy oqimlar oʻzlarining islom diniga eʼtiqod qilishlarini ifodalovchi bayroqlarni qabul qilganlar.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/51/Shahada_flag.svg/640px-Shahada_flag.svg.png)