![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/ff/Isfara%252CChorku.jpg/640px-Isfara%252CChorku.jpg&w=640&q=50)
Isfara (daryo)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Isfara — Qirgʻizistonning Botken, Tojikistonning Sug‘d va Oʻzbekistonning Farg‘ona viloyatlaridan oqib o‘tuvchi daryo. Yuqori oqimi Oqsuv, o‘rta qismi Karavshin deb ataladi. Daryoning boshlanish joyi Turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻrida joylashgan Oqsuv muzligi hisoblanadi. Kishmishsoy bilan qoʻshilgandan keyin daryoga Isfara nomi beriladi. Isfaraning muzliklardan boshlanadigan 60 ga yaqin mayda irmoqlari mavud. Ulardan eng yiriklari Kishemish, Temingen, Jiptik daryolari hisoblanadi. Daryo Konibodom shahridan 7—8 km janubi sharqda Fargʻona vodiysining tekislik qismiga koʻtariladi.
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Isfara (maʼnolari).
Qisqa faktlar Tavsif ...
Isfara (daryo) | |
---|---|
![]() Isfara daryosi Chorku qishlogʻida (Tojikiston) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 130 |
Havzasi | 3240 km² |
Suv sarfi | 14,5 m³/s |
Davlat | Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston |
Isfara (daryo) |
Yopish